Pochta ro`yxatidan o`tish quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
2. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan «Регистрация в почте» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz.
3. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Имя – Ismingiz
Фамилия – Familiyangiz
День рождения – tug‘ilgan kun, oy va yilingiz
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar nomining dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi.
Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, ismingiz Ibrohim bo‘lsa, iibrohimjon@mail.ru yoki ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak. Пароль – elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak. Повторите пароль – parolni takroran yozing (aniqlik uchun). Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.
Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach,
«Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritganbo‘lsangiz,
«Зарегистрироваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta xizmatidan kelgan «Mail.ru ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru’ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap tarafda Входящие (Kelgan xatlar), Отправленные(Yuborilgan xatlar), Черновики (Xomaki nusxalar), Спам (keraksiz reklama), Корзина (Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida Написать (yangi xat yozish), Проверить (Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir bora tekshirish), Адреса (Manzillar) va Ещё (yana) tugmalari bor. Входящие bo‘limida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mayl.ru’ning mobil versiyasi» degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
Dostları ilə paylaş: |