Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə1/6
tarix24.10.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#160575
  1   2   3   4   5   6
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish




Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish
Reja:

1. Aholini, FVDT kuch va vositalarini FV ruhida muhofazaga tayyorlash
2. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazish


1. Aholini, FVDT kuch va vositalarini FV ruhida muhofazaga tayyorlash

Ma’lumki, fuqarolar muxofazasining eng muxim vazifalaridan biri, axolini favkulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427sonli «O‘zbekiston Respuyulikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni hamma korxonalarda, muassasalarda (shu jumladan, ta’lim muassasalarida ham) va tashkilotlarda, shuningdek yashash joylarida o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan (ilovaga qarang).
Fuqarolarning FM bo‘yicha o‘qitish - aholini dushmanning zamonaviy qurollari ta’siridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘qitish FMning boshlig‘i va uning shtablari ko‘rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari bilan shug‘ullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan yuqori tashkiloti FMning ma’suliyatli boshliqlari qarori, buyrug‘i asosida tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi xizmatchilarni FMga o‘qitish har bir xo‘jalik ob’ektining boshlig‘iga yuklanadi.
FM shtabi o‘qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, o‘z vaqtida o‘qishlarni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishini nazorat qiladi.
Ob’ektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yo‘nalishida fuqarolar quyidagi toifalar bo‘yicha o‘qitiladi:

  • FMning rahbar tarkiblari;

  • FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar;

  • FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar;

Ishlab chiqarish va ob’ekt FM rejasida ko‘rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shaxslarini ma’lum dastur asosida o‘qitish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlarini tugatish bo‘yicha to‘plangan tajribalar, fuqarolar muhofazasida olingan nazariy bilimlar, yuqorida ta’kidlangan FVlarda, fuqarolarni ongli ravishda tez, qat’iyan harakat qilishga, halq xo‘jalik tarmoqlarini tezda qayta tiklab, uni ishga tushirib yuborishga va talofat ko‘rganlarga o‘z vaqtida kerakli yordamlarni ko‘rsata olishga o‘rgatadi. Albatta, bu vazifalar, tabiiy ofatlar, avariya va talofatlarning tabiati, tavsifi, kelib chiqish sabablari va ularni keltiradigan oqibatlarini chuqur o‘rganish natijasidagina amalga oshiriladi. Shu sababdan fuqaro muhofazasi xodimlari oldiga juda katta ma’suliyat (harbiy davrda ham, tinchlik davrida ham) fuqarolarni FVlar ruhida o‘qitish vazifasini qo‘yadi.
Hamma katta yoshdagi odamlar, jumladan, ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar ham fuqarolar muhofazasini o‘rganishi kerak. Albatta, bunda, xalqni FMsiga tayyorlashda, tinchlik davrida bo‘ladigan FV oqibatlarini tugatish yo‘l-yo‘riqnoma-lariga yo‘naltirilishi lozim.
Ayniqsa, hozirgi davrda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar sharoitida xalqni FMga tayyorlash yangicha tartibda o‘qitishni taqazo etayapdi.
Chunki shu bugungi kunga kelib, xalqimizni FMga o‘qitishning vazifalari ham, uslublari ham o‘zgardi.
Yangi tizimda o‘qitishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. o‘qitishni tashkil etishning diferentsatsiya uslubi;

  2. korxona FM boshlig‘i o‘z qo‘l ostidagi xodimlarini o‘qitishda FM bo‘yicha mustaqil ravishda o‘tiladigan dars mavzularini va dars o‘tish tartiblarini o‘zi belgilashi;

  3. o‘z korxonasining xususiyatlarini ko‘zlagan holda, ishlab chiqarishga mumkin qadar zarar bermaydigan, qisqa vaqtda dars o‘tishning shakl va uslublarini tanlashi;

  4. o‘zi yashayotgan joyning tabiiy, iqlim sharoitini hisobga olib, tabiiy ofat, avariya va fojiyalar yo‘nalishida o‘qitishni tashkil etishi;

  5. FM vazifalarini ishlab chiqarish rejalari bilan birgalikda hal etish va boshqalar.

Xalqni FMga o‘qitish - o‘quv yurtlarida, ish joylarida va yashash maskanlarida tashkil etiladi. Aholini FMga o‘qitish sifati to‘g‘ri qo‘llangan o‘qitish shakli va uslublariga bog‘liqdir. O‘qitish shakllari o‘qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. Masalan, mashg‘ulotlarining tuzilishini va uni olib borish joyini, vaqtini, muddatini, mashg‘ulot rahbarlari hamda o‘qiyotganlarning ish faoliyatini, uning malakasini, mutaxassisligini nazarga olish kerak. O‘qitish shakllari quyidagi asosiy guruhlarga: sinf mashg‘ulotlari, dala mashg‘ulotlari, mashqlar, maxsus-taktik o‘qish, komandir va shtab boshliqlarini o‘qitish hamda har taraflama (kompleks) o‘qishlarga bo‘linadi.
O‘rgatish usulida mashg‘ulot rahbari o‘rganuvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib FM vazifalarini bajarish uchun aqliy va jismoniy shakllantiradi. Aholini FMsi bo‘yicha o‘qitishda har xil o‘quv uslublari qo‘llaniladi. Chunonchi:

  • o‘quv materialini bayon etish (ma’ruza, hikoya, tushuntirish);

  • ko‘rsatish, namoyish etish, o‘rganuvchilarga shaxsan FM bo‘linmalarining harakatlarini diafilm va kinofilmlar orqali ko‘rsatish;

  • mashqlar (aholini qirg‘in qurollar hamda radioaktiv, kimyoviy moddalar ta’sirlaridan himoya qilish normativlarini amaliy o‘qitish);

  • amaliy mashg‘ulot (maxsus jihozlangan xonalarda, markazlarda shaharchalarda, texnikada, asboblarda).

Shuni nazarda tutish kerakki, o‘qitishning forma va uslublari bir-biridan ajralmagan holda o‘zaro dealektik uzilmas aloqada bo‘lishi talab etiladi.
Aholini FM bo‘yicha o‘qitishda eng samara beradigan uslublardan biri - bu amaliy mashg‘ulotdir. U aholi tomonidan, u yoki bu usullarni bajarishda ko‘nikmalar hosil qilish va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan himoya inshoatlari va yakka tartibda saqlovchi vositalardan amaliy foydalanish, radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari bilan ishlash, nurlanish va radioaktiv zararlanishni nazorat qilish hamda tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojiya oqibatlarini tugatish, aholini zamonaviy qirg‘in qurollaridan himoya qilishda ularni amaliy ishlarga o‘rgatadigan me’yorlarni ishlab chiqishdir. Mashg‘ulotlar paytida asosiy diqqat e’tibor ma’naviy-ijtimoiy va psixologik tayyorlashga, aholida FM chora tadbirlari samarasini va unga ishonch hosil qilish kerakligini, ta’lim-tarbiya, intizom, matonat va o‘z burchini eng murakkab va dahshatli sharoitda ham bajarishga safarbar etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Respublikamiz aholisini FMlardan muhofaza qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash 4 guruhga bo‘lingan holda amalga oshiriladi:

  1. ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish soxalarida band bo‘lgan aholi, idoraviy bo‘ysinishdan, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar oliy va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarining talaba o‘quvchilari;

  2. ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi

(nogironlar, uy bekalari, nafaqaxo‘rlar);
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaxarlar va tumanlar davlat xokimiyati va boshqaruvchi organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutassadilari hamda FVdan muhofaza qilish mutaxassislari;
g) FVlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega bo‘lan davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining hazmatchilari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilot rahbarlari.
Fuqarolarni FVlardan muhofaza qilish sohasi bo‘yicha tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. aholining barcha qatlamlarini FVdan muhofaza qilish qoidalarining asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibiiy yordam ko‘rsatish usullarini, hamda himoya inshoatlaridan va yakka tartibda shaxsiy saqlovchi vositalaridan foydalanish qoidalarini o‘rganishi;

  2. boshqaruvning barcha pog‘onadagi rahbarlarini, aholini FVlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakat qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash;

  3. davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxasislar qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarini o‘tkazishi. QBTI uchun FM kuch va vositalarini tayyorlash, ularning boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholini tayyorlash, ish joylarida mashg‘ulotlar o‘tkazish va tavsiya qilinadigan dasturlarga muvofiq FVda harakat qilishni mustaqil ravishda o‘rganish, keyinchalik mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Umum o‘rta, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta’lim o‘quv yurtlarining talaba va o‘quvchilarini tayyorlash. FVlarda muhofaza qilish sohasidagi umumta’lim dasturiga muvofiq o‘qish vaqtida amalga oshiriladi. Dasturda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi institutida 40 va 80 soatli mashg‘ulotlarni o‘tadilar. Shuningdek, o‘quvlar harbiylashtirilmagan qo‘shilmalarning rahbar boshliqlari tarkibi harbiylashtirilgan avariya-qutqaruv va doimiy tayyor maxsus qo‘shilmalar tarkibidagi korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlari FVlar bo‘yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shu bilan birga o‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maskanlarda olib boriladi.
Harbiylashtirilmagan qo‘shilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari bevosita ish joylarida tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin