Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə5/6
tarix24.10.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#160575
1   2   3   4   5   6
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li o‘tkazish, ko‘p jixatdan unga qanchalik tayyorgarlik ko‘rilganligiga bog‘liq. Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish ob’ekt FM rejasini hisobga olgan holda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o‘tkazishga mashg‘ulot rahbari shaxsan javob beradi.
Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotning mavzusini, o‘quv maqsadini, o‘quv savollari va bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg‘ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga o‘qitish davomida tayyorlanadi; rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan qatnashchilar bilan esa amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kompleks mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun quyidagi xujjatlar: mashg‘ulot o‘tkazish rejasi; mashg‘ulot rahbarlarining o‘rinbosarlari va yordamchilarining xususiy rejalari; mashg‘ulotda xavfsizlik choralari ko‘rish tartiblari ishlab chiqiladi.
Mashg‘ulot o‘tkazish rejasi - asosiy xujjatdir. Unda mashg‘ulotning borishi, mashg‘ulotlar bosqichlari bo‘yicha o‘quv savollari tuziladi, xarita, jadval, mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, o‘quv maqsadi va mashg‘ulotni o‘tkazish vaqti, mashg‘ulotga jalb etilgan qatnashuvchilarning tarkibi, mashg‘ulotning bosqichlari, davomiyligi, o‘quv savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; Dastlabki boshlang‘ich holat, kuchlarni guruhlash, boshqarishning joyi, mashg‘ulotning borishi, tamom bo‘lish muddati va tahlil qilish muddati hamda joyi ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning boshlanishiga ikki xafta qolguncha mashg‘ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Mashg‘ulot rahbarlari, o‘rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bo‘yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg‘ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofiq o‘quv maqsadi, o‘qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshqa toifadagi o‘qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish hamda mashg‘ulotning borishi ko‘rsatilishi kerak.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin