Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə6/6
tarix24.10.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#160575
1   2   3   4   5   6
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish

Imitatsiya rejasi o‘quv mashg‘uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bo‘yicha chizma asosida ishlab chiqiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari ko‘rsatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma’sul kishilar, imitatsiyani boshqarish signallari (belgilari) va aloqa vositalari, imitatsiya o‘tkaziladigan joyni qo‘riqlash choralari va uning xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatiladi. Chizmada imitatsiya o‘tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi o‘quv rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi ob’ektdagi FV oqibatlarni tezroq tugatishdir. U ob’ektda razvedkani tashkil qilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma’lumoti va uning tahliliga asosan ob’ektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV oqibatlarini tugatish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma ko‘zda tutilgan o‘quv savollari o‘rganuvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar davomida bajarilgandan so‘ng mashg‘ulot raxbari ko‘rsatmasiga asosan to‘xtatiladi.
Mashqlarning taxliliga har tamonlama tayyorlanish kerak. Taxlil amaliy mashg‘ulotning yakuniy bosqichidir. Taxlilda o‘qitilganlar har tamonlama muhokama qilinadi, qo‘yilgan maqsadni qay tarzda amalga oshirilganligi, o‘quv savollarini qanday qilib ishlab chiqilganligi, rahbar va komanda-boshliq tarkibining, shtab xodimlari, tizimlar, har xil toifadagi o‘qiganlarning qanday tayyorlanganligi taxlil qilinadi.
Taxlil avval rahbarlar bilan, so‘ngra mashg‘ulotning hamma qatnashchilari bilan o‘tkaziladi. Taxlil oxirida mashg‘ulot rahbari mashg‘ulotlarda qatnalganlarning o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganligini aniqlaydi, o‘qiganlarning harakatlarini baholaydi va yo‘l qo‘yilan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi.
Har taraflama o‘tkazilgan mashg‘ulotning natijalari to‘g‘risida tuman FM shtabiga kerakli ma’lumot taqdim etiladi.

ADABIYOTLAR


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T., O‘zbekiston, 1992.

  2. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, T., O‘zbekiston, 1997.

  3. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda, T., O‘zbekiston,

  4. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: “Aholini va xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”,.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”,

  6. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”,

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni: “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”, 4.03.1996.

  8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida”, 23.12.1997, № 558.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: “O‘zbekiston Respublikasi aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida”, 7.10.1998. № 427.

  10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: “Texnogen – tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”,

  11. M.Tojiev, I.Ne’matov, M.Ilxomov “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” darsligi, T., 2002.

  12. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida”,

  13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: “Ishlab chiqa-rishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligini boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi” nizom 6.06.1997, № 286.

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin