1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish



Yüklə 84,2 Kb.
səhifə56/61
tarix26.04.2022
ölçüsü84,2 Kb.
#56362
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
2020 ta\'lim

65-modda. Ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish

Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.



66-modda. Ta’lim tashkilotlarining mol-mulki

Ta’lim tashkilotlari o‘z mulkiga, xo‘jalik yurituvidagi yoki operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo‘lishi kerak.

Davlat ta’lim muassasalarining operativ boshqaruvida yoki xo‘jalik yurituvida bo‘lgan obyektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o‘quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta’lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarining, shu jumladan ta’lim kampuslariga kiradigan mulk obyektlarining) xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o‘tkaziladi.



Oldingi tahrirga qarang.

Ta’lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so‘ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.



(66-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 84,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin