68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(68-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(68-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: |