Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 233,82 Kb.
səhifə1/9
tarix21.09.2022
ölçüsü233,82 Kb.
#63920
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshqaruv tamoyillari fanidan ma\'ruza


Boshqaruv tashkiliy tarkibi

R е j a:



1. Boshqaruv tarkibi to’ғrisida tushuncha.
2. Boshqaruvning umumdavlat organlari.
3. Boshqaruvning mahalliy organlari.
4. Boshqaruvning tarmoq organlari.
5. Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari.
Tayanch so’z va iboralar:
Struktura. Boshqarish tarkibi. Boshqarish bo’g’ini. Boshqarish bosqichi. Boshqarish tarkiblarining tashkiliy turlari. Respublika oliy vakolatli organlar tarkibi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tuzilishi. Sud xokimiyati strukturasi. Mahalliy boshqaruv organlari. Boshqarishning tarmoq organlari. Jamoat va o’z-o’zini boshqarish organlari takibi.
1. Boshqaruv tarkibi to’g’risida tushuncha
«Struktura» (tarkib) lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish tarkibi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Boshqarishning u yoki bu vazifalarini xal kilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish tarkibi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday tarkib odatda «boshqaruv apparati tarkibi» deb yuritiladi. U biror–bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va x.k.) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish tarkibi ishlab chiqarish tarkibi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi.
Shunday qilib boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, obektlari va organlari uning tashkiliy tarkibini belgilab beradi.
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy tarkiblari mavjud. (1-chizma).

Boshқarish tarkiblarining tashkiliy turlari



Dastur-li maq-sadli tarkib

Chiziqli funk-tsiolnal tarkib

Funk-tsional tarkib

Chiziқli shtabli tarkib

Chiziqli (pog’ona-li) tarkib





Yüklə 233,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin