Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI



18-MAVZU. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI 
XARAJATLARI 
 
REJA: 
 
18.1. Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari 
18.2. Markazlashtirilgan investitsiyalarga xarajatlar 
Tayanch so’z va iboralar: 
davlat hokimiyati organlari; boshqaruv xarajatlari; qonun 
chiqaruvchi hokimiyat; ijro etuvchi hokimiyat; sud hokimiyati; oliy davlat vakillik organi; 
Qonunchilik palatasi; Senat; Boshqaruv samaradorigi; Boshqaruv apparati; ma’muriy islohotlar; 
mahalliy hokimlik organlari; sud-huquq tizimi. 
 
18.1. Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari 
 
Hozirgi bosqichda amaldagi qonun hujjatlariga va har yili tasdiqlanadigan O’zbekiston 
Davlat byudjeti parametrlariga muvofiq byudjetdan quyidagi tadbirlar moliyalashtiriladi: 
suv xo’jaligi (birinchi navbatda qishloq xo’jaligini suv bilan uzluksiz ta’minlash 
maqsadida); 
veterinariya xizmati, o’simliklarni himoya qilish; 
shahar, tuman va boshqa aholi yashash punktlarini obodonlashtirish; 
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat; 
tabiatni muhofaza qilish; 
iqtisodiyot sohasidagi boshqa tadbirlar. 
O’zbekiston Respublikasining 
suv xo’jaligi 
murakkab kompleks tizimi bo’lib, u 4280 
ming ga sug’oriladigan y e rlarni, shuningdek milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, shaharlar va 
qishloq aholi yashash punktlarini suv bilan ta’minlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida: 
Kanallar uzunligi 
28703 km 
Kollektor-drenaj tizimining uzunligi 
98934 km
shu jumladan: 
xo’jaliklararo tarmoq 
31093 km 
Yopiq gorizontal drenaj uzunligi 
39196 km
shu jumladan: 
xo’jaliklar balansida 
8954 km 
Gidrotexnika inshootlari soni 
21030 
Gidropostlar soni 
20721 
Suv omborlari soni 
53 
Inspektorlik ekspluatatsion yo’llarning uzunligi 
7131 km
Aloqa vositalarining uzunligi 
23480 km 
Quduq (skvajina)lar soni 
14395 
Chegaralovchi dambalarning uzunligi 
1480 km 
Sug’oriladigan yerlar maydoni 
4280 ming ga 
Sug’oriladigan tizimlar ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida tinimsiz murakkablashib 
borayotir. O’zbekistonda ularni Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi boshqaradi.
1
O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv xo’jaligini boshqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish to’g’risida” 2003 yil 21 iyuldagi 320-son Qarori bilan respublika irrigatsiya 
tizimini boshqarishning yangi tarkibiy tuzilmasi yaratildi. 
Irrigatsiya-melioratsiya tizimining texnik ekspluatatsiyasi – sug’oriladigan yerlarda 
maksimal xalq xo’jalik samarasiga erishishga yo’naltirilgan tashkiliy-xo’jalik va injener-texnik 
 
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-son Qarori. 


tadbirlarning murakkab kompleksidir. 
Respublika suv xo’jaligi tizimining ekspluatatsiyasi xususiyatlarga ega bo’lib, ular tabiiy-
iqlim sharoitlari bilan bog’liq, masalan bahor-yoz mavsumida inshootlarning va sug’orish 
tizimining normal faoliyati buziladi. Suv taqchilligi vaqtida suv hajmlarini tejab, rejalashtirib 
ishlatish muammosi paydo bo’lsa, suv sathining oshishi sharoitida kanallar va inshootlarni 
cho’kindilar va avariyalardan saqlash talab etiladi. Xo’jaliklarga jala va sellar katta zarar 
keltiradi. Suv xo’jaligi tizimidan foydalanishdagi muammolar eskicha sug’orish tizimidagi yer 
kanallari, ochiq kollektorlar, eskirgan inshoot va uskunalardan foydalanish natijasidir. 
Xo’jaliklararo kanallar, gidrotexnika inshootlari va sug’orish tizimi yordamchi 
inshootlarining, ya’ni davlat tashkilotlari balansidagi va byudjet hisobiga ta’minlanadigan 
ob’ektlarning ishga yaroqligi, butunligi va to’g’ri ishlatilishiga suv xo’jaligidan foydalanish 
tashkilotlari javobgardirlar. 
Ichki xo’jalik kanallari, sug’orish inshootlarining yaroqliliga, saqlanishiga va ulardan 
to’g’ri foydalanilishiga suv iste’molchilari javobgar bo’lib, ularga melioratsiyalashgan yerlar va 
yangidan tuzilgan suv iste’molchilari assotsiatsiyasi ham biriktiriladi. 
Ekspluatatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi: sug’orish tizimi va tarmoqlari 
boshqarmasining shtatlarini saqlash, gidropost, gidroinshoot, dambalar, nasos stantsiyalari, 
kanallar va boshqa gidrotexnika inshootlarini saqlash va joriy ta’mirlash. Bundan tashqari bu 
xarajatlarga himoyalash va boshqaruv ishlariga sarflar, davlat sug’orish tizimini tozalashga 
xarajatlar, toshqinga qarshi ishlar, transportni saqlashga, aloqa vositalari va yo’llarni joriy va 
kapital ta’mirlashga hamda boshqa ekspluatatsion tadbirlarga xara- jatlar kiradi. 
Suv xo’jaligidan foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini 
takomillashtirish to’g’risida” 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son Qaroriga binoan amalga oshiriladi. 
Xarajatlar smetasi tashkilotlar tomonidan yillik tadbirlar rejalari va suv xo’jaliklarining 
ekspluatatsion xarajatlari asosida tuzilib, unda tadbirlarning nomi va ular bo’yicha ishlar hajmi, 
ish birligining qiymati, moliyalashtirish manbasi va choraklar bo’yicha taqsimlangan ish haqi 
fondi aks ettiriladi. Smetalar Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga tasdiqlash uchun taqdim 
etiladi va so’ng O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro’yxatdan o’tkaziladi. 
O’zbekiston Respublikasida davlat veterinariyasi, idoraviy va xususiy 

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin