Investitsiya dasturi
mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik taraqqiyotiga,
tabiat, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resursla-
ridan oqilona foydalanish
orqali respublikaning alohida tarmoqlari va hududlarining tarkibiy o’zgarishlari ustuvorliklari va
strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan, o’zaro bog’liq choralar dasturi
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo’yicha istiqbollarning tarkibiy qismi bo’lib, u
davlat investitsiya dasturining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi;
investitsion loyihalar va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda, shuningdek
har yili dasturning ko’rsatkichlarini aniqlashtirish bilan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish umumdavlat dasturi ijrosini ta’minlash orqali ob’ektni loyiha-izlanish ishlaridan
boshlab to foydalanishga tushirishgacha bo’lgan siklni hisobga
olib uch yil muddatga
shakllantiriladi.
Investitsiya Dasturini shakllantirishning asosiy
printsiplari
quyidagilardir:
investitsion jarayonlarni boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu
jumladan, zarur hajmda va qulay shartlarda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish,
shuningdek, loyihalarni tanlash va monitoringi mexanizmini shakllantirish asosida ulardan
samarali foydalanish mexanizmlarini yaratish;
davlat tomonidan belgilangan ustuvorliklar asosida muhim tarmoqlar,
ishlab chiqarishlar
va faoliyat sohalarini tanlov asosida qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarni (ta’lim, sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal
xo’jaligi) aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga, iste’mol talabini faollashtirishga olib
keladigan darajada birinchi navbatda investitsiyalash;
ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga, mineral-xom ashyo resurslari va qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga yo’naltirilgan, tayyor mahsulotlar sifatining tashqi
bozorda raqobatbardoshligini oshiradigan investitsion loyihalarni qo’llab-quvvatlash;
transkontinental transport koridorlariga integratsiyalashuvni o’zida
mujassamlashtiruvchi
transport infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvi;
tarkibiy islohotlar va olib borilayotgan investitsiya siyosatining vazifalariga mos holda
o’zaro manfaatlarni hisobga olib xorijiy kapitalni jalb etish,
shartnomalarni tomonlarning
investitsion majburiyatlari bilan birga tuzish amaliyotini joriy etish;
oldindan belgilangan mezonlar asosida investitsion loyihalarni Dasturning manzilli qismiga
kiritish;
oldin boshlangan ob’ektlarni tugatishga markazlashtirilgan investitsiyalarning birinchi
navbatda ajratilishi.
Loyihalarni tanlashda asosiy
mezonlar
ularning samaradorligi,
iqtisodiyotning alohida
sektorlari va respublika hududlari rivojining ustuvorliklari, mahsulotning sotish ko’rsatkichlari,
shu jumladan eksportga yo’naltirilganlik, jamlovchi mahsulotlarni va komponentlarni ishlab
chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va boshqalardir.
O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsion loyihalarni amalga
oshiruvchilarga soliq va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir investitsiya loyihasi bo’yicha yoki
butun O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi bo’yicha imtiyozlarning aniq ro’yxati
qonunchilik bilan o’rnatilgan tartibda belgilanadi.
Dasturda
loyihani baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va ob’ektlarni tugatish va
ishga tushirish uchun yillar bo’yicha moliyalashtirish ehtiyojlari (moliyalashtirish manbalari
qayd etilgan holda) bo’yicha ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: