respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha investitsion loyihalarni,
davlatning maqsadli dasturlari va davlatlararo kelishuvlarni amalga oshirishga;
yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo’jaligi qurilishiga va
kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;
aholi punktlari va birinchi navbatda individual qurilishlar massivla- rida muhandislik
infratuzilmasini rivojlantirishga;
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari
ob’ektlari
qurilishiga;
davlat boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga va tabiiy ofatlardan himoyalash
inshootlari qurilishiga.
Dasturga kiritish uchun investitsion takliflarni tanlashga asosiy mezonlar quyidagilardir:
ishlab chiqarish ob’ektlari bo’yicha:
mahalliy xom ashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash
miqyoslarini kengaytirish,
ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasiga yetkazish;
yuksak texnologiyali rentabelli va resurslarni tejaydigan, eksport salohiyatini
rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlab chiqarishlarni yaratish;
kommunikatsiyalar, irrigatsiyalar, ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini
rivojlantirish;
iste’mol bozorini birinchi zaruratdagi tovar va xizmatlar bilan to’ldirish;
noishlab chiqarish ob’ektlari bo’yicha:
aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridagi birlamgi ehtiyojlarini qondirish;
noishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish.
Dasturga kiritilishda texnologik jihatdan o’zaro bog’liq yoki tarmoqlararo ahamiyatga
ega bo’lgan; to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar; qishloq joylarda va mehnat resurslari
ortiqcha bo’lgan hududlarda kichik biznes ishtirokida amalga oshiriladigan; respublikaning
eksport potentsialini oshirishni ta’minlaydigan takliflar imtiyozga ega bo’ladilar.
Investitsion dasturga kiritilgan investitsion loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishda
yordam qilish, soliq va boshqa imtiyozlarni
berish, davlat monitoringini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Moliyalashtirishda yordam byudjet ajratmalarini qaytarish va qaytarmaslik asosida
taqdim etish yo’li bilan ustuvor investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun ko’rsatiladi,
shu jumladan xorijiy kredit- lar bo’yicha avans va boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi,
shuningdek xorijiy kreditlar uchun hukumat kafolatlari beriladi. Ustuvor investitsion loyihalarni
amalga oshirish uchun markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar hisobidan zarur bo’lgan
davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash O’zbekiston Res- publikasi hukumati tomonidan Iqtisodiyot va
tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo’yicha jamlanma axborot-tahliliy departamenti tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, Moliya vazirligi,
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlan- gan takliflar asosida tayinlanadi.
Soliq va boshqa imtiyozlarga vaqtinchalik
soliqlardan ozod etish, imtiyozli soliq solish
va jadallashtirilgan amortizatsiya rejimini belgilash, bojxona preferentsiyalari va boshqalar
kiradi. Har bir loyiha yoki dastur bo’yicha imtiyozlar ro’yxati
amaldagi qonun hujjatlariga
muvofiq belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: