Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari


shahar va boshqa aholi punktlari ko’chalarini shuningdek



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI

shahar va boshqa aholi punktlari ko’chalarini shuningdek 
xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini saqlash va ta’mirlash 
tegishli shahar va tuman 
obodonlashtirish boshqarmalari yoki avtoyo’llar balansida bo’lgan boshqa tashkilotlar 
(Buyurtmachi yoki Byudjet mablag’larini oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi. 
Avtoyo’llarni ta’mirlash mukammal, o’rta va joriy ta’mirlashlarga bo’linadi. 
Avtoyo’llarni mukammal ta’mirlash ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan o’tkazilgan 
va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. 
Avtoyo’llarni o’rta ta’mirlash texnik tekshirish va texnik ko’rikdan o’tkazish natijasi 
asosida ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan o’tkazilgan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan 
loyiha-smeta hujjatlariga asosan amaldagi ta’mirlash ishlari oralig’i muddatlariga rioya etgan 
holda amalga oshiriladi. 
Avtoyo’llarni joriy ta’mirlash vaqti-vaqti bilan olib boriladigan texnik ko’rikdan o’tkazish 
(bahorgi va kuzgi) natijasi asosida smetalarda joriy ta’mirlash ishlari uchun ko’zda tutilgan 
mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi. Avtoyo’l qoplamasi va yo’l qurilmalari holatini texnik 
ko’rikdan o’tkazish natijasida aniqlangan ahamiyatsiz va oson bartaraf etilishi mumkin bo’lgan 
shikastlanish holatlari shu avtoyo’lni joriy ta’mirlash uchun mezon hisoblanadi. 
Buyurtmachi tomonidan har yili avtoyo’llarning holatini texnik ko’rikdan o’tkazish va 
baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida nuqson dalolatnomalari va mukammal, o’rta 
hamda joriy ta’mirlash manzilli ro’yxatlari tuziladi. 
Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyo’llarni ta’mirlash 
manzilli ro’yxatlari buyurtmachi tomonidan, moliya idoralarida ro’yxatga olingan xarajatlar 
smetasida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida, har yili shakllantiriladi. 
Mukammal va o’rta ta’mirlanadigan avtoyo’llar bo’yicha loyiha hujjatlari, resurs smetasini 
inobatga olgan holda, o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. 
Joriy ta’mirlanadigan avtoyo’llar bo’yicha bajariladigan ishlar ro’yxati nuqson 
dalolatnomalari asosida tuziladi. 
Mukammal va o’rta ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish) 
tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son 
"Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. 
 
6
Shahar va boshqa aholi punktlari ko’chalarini, shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash 
manzilli ro’yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan moliyalashtirish 
(to’lovlarni amalga oshirish) tartibi bo’yicha Nizom. Adliya vazirligida 2008 yil 16 mayda 1808-son bilan 
ro’yxatga olingan. Moliya vazirining 2008 yil 7 maydagi 49-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. 
 


Avtoyo’llarni ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish) manbalari 
mahalliy byudjet mablag’lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi. 
Avtoyo’llarni ta’mirlash xarajatlarini moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish), qat’iy 
ravishda tasdiqlangan byudjet (Buyurtmachi xarajatlar smetasining 4-guruhida shu maqsadlar 
uchun ko’zda tutilgan) mablag’lari doirasida, Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining 100-
bo’lim, 110-bobi quyidagi paragraflari orqali amalga oshiriladi: 
Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyo’llarni ta’mirlash manzilli ro’yxatlari, shuningdek oyma-
oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan G’aznachilikning tegishli hududiy 
bo’limlariga va xizmat ko’rsatuvchi banklarga taqdim qilinadi. 
Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan mukammal va o’rta ta’mirlash ishlarini 
moliyalashtirish (to’lovlarini amalga oshirish) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi: 
bo’nak to’lovlar – birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30 
foiz miqdorini teng ulushlarga bo’lgan holda; 
joriy moliyalashtirish (to’lovlarni amalga oshirish) – ajratilgan bo’nak to’lovlarini oyma-oy 
mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95 
foizidan kam bo’lmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi shartnomada ko’rsatilgan kafolat 
muddati tugaganidan so’ng amalga oshiriladi. 
Avtoyo’llarni joriy ta’mirlash bo’yicha moliyalashtirish (to’lovlarni amalga oshirish) joriy 
yil ish hajmining 15% miqdorida bo’nak berish yo’li bilan keyinchalik, ajratilgan bo’nak 
to’lovlarini mutanosib ravishda hisobga olgan holda, oyma-oy moliyalashtirish (to’lovlarni amalga 
oshirish) amalga oshiriladi. 
Avtoyo’llarni ta’mirlash bo’yicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining pudrat 
tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni 
qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) to’g’risidagi 
o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisob varaq-fakturalar (ma’lumotnomalar) bo’yicha amalga 
oshirilishi lozim. 
Buyurtmachilar har chorakda avtoyo’llarni ta’mirlash manzilli ro’yxat- larini kelishgan 
tegishli hududiy moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablag’larni o’zlashtirishning borishi, 
shuningdek manzilli ro’yxatga muvofiq ob’ektlar kesimida moliyalashtirish to’g’risida hisobot 
topshiradi. 
Davlat byudjetini iqtisodiyotga sarflash doirasida davlat ahamiyatidagi geodeziya va 
kartografiyaga oid faoliyat moliyalashtiriladi.7 
Geodeziya va kartografiya mahsuloti, shu jumladan davlat byudjeti mablag’lari hisobidan 
amalga oshiriladigan faoliyat natijasida olingan to- pografiya, gidrografiya, aerokosmik surat
geodeziya va gravimetriya material- lari (ma’lumotlari) davlat mulki hisoblanadi. 
Davlat geodeziya nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: geodeziya va 
kartografiyaga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi barcha sub’ektlar normativ-texnikaviy hujjatlar 
talablariga rioya etishi ustidan nazorat qilish; O’zbekiston Respublikasining davlat chegaralari va 
hududi kartografiya xaritalari va boshqa hujjatlarda to’g’ri aks ettirilishi ustidan nazorat qilish; 
geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro’yxatga olish; geodeziya punktlarini hisobga olish; 
davlat kartografiya-geodeziya fondining ishlashini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining 
o’zgartishlar kiritib boriladigan ma’lumotnoma tariqasidagi xaritasini yuritish. 

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin