Pudrat shartnomasi va uning turlari



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü27,3 Kb.
#204136
  1   2   3
FH oraliq savollari sirtqi


  1. Pudrat shartnomasi va uning turlari.

  2. Pudrat shartnomasining fuqarolik-huquqiy shartnomalar tizimida tutgan o‘rnini izohlang. Pudrat shartnomasi huquqiy tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama eting.

  3. Maishiy pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilarini yoritib bering. Shartnoma bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi huquqlarining kafolatlari va ular javobgarligini sud amaliyoti misollari asosida muhokama qiling.

  4. Qurilish pudrati shartnomasini amaliyotda qo‘llash doirasi tobora kengayib bormoqda. Shu bois uni tuzish tartibi, loyiha hujjatlari taraflarning huquq va majburiyatlarini pudratchi va buyurtmachining javobgarligini qo‘llash asosida tahlil qiling.

  5. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining tushun-chasi, huquqiy belgilari, turlari, taraflarning huquq va majbu-riyatlari, javobgarligi va bekor bo‘lish asoslarini muhokama eting.

  6. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sud amaliyotida ayrim nizoli masalalar mavjud. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda FK normalarini qo‘llashda nimaga e’tibor qaratish lozim?

  7. Omonat saqlashning umumiy qoidalarini amaliy misollar bilan tahlil qiling.

  8. Omonat saqlashning alohida turlari bo‘yicha saqlash tar-tibi va shartlarini tanqidiy tahlil qiling.

  9. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar va boshqa fuqarolik-huquqiy majburiyatlarni tavsiflang.

  10. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik muammolari haqida fikr bildiring.

  11. Ma’naviy zarar miqdorini aniqlash tartibini tushuntiring.

  12. Vorislik huquqi tushunchasi.

  13. Vasiyatnoma va qonun bo’yicha vositlikni tahlil qiling.

  14. Meros va uning tarkibini tahlil qiling.

1-KAZUS

Davronov va Rasulov о‘rtasida shartnoma tuzildi. Unga kо‘ra Davronov uzoq muddatli chet el safarida bо‘lishi munosabati bilan Rasulovga о‘zining yog‘ochga ishlov beradigan stanogini foydalanish sharti bilan omonatga berdi. Tomonlar omonat saqlash haqi, foydalanish haqi bilan teng bо‘lishini kelishib tomonlar о‘rtasida boshqacha о‘zaro hisob-kitob bо‘lmasligini belgilashdi. Davronov xizmat safaridan qaytgach, Rasulov qо‘li jarohatlanganligi munosabati bilan butun omonat davrida Davronovning stanokdan foydalanmaganligini bildirdi. Shuning uchun ham Rasulov Davronov unga stanokni saqlaganligi uchun haq tо‘lashni lozim deb hisoblashishini bildirdi. Kelishuvga erisha olmagan taraflar yuridik maslahatxonaga murojaat qilishdi.


Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin