1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va uning vazifalari 2. Mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish 3. Тayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish va sotishning analitik xamda sintetik hisobi
1 . Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va uning vazifalari
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi (ТNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir. B ozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o’rgangan holda tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko’paytirish, ularning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishga e’tibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar.
k undalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo’natish baholarida yuritiladi. Тayyor mahsulotlar harakati hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nomenklaturalarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Mahsulotlar nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari nomlarining ro’yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo’ladi. N omenklatura raqami turli miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan quyidagi xizmatlarda:
dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qilish uchun;
sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun;
buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun foydalanishi mumkin.
S huning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o’rin tutib, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz nazorat qilish;
yuklangan va jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil etish;
sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo’yicha mol jo’natish shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish;
s otilgan mahsulot uchun olinadigan mablag’lar summasini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o’z vaqtida va aniq hisoblab chiqish.
2. Mahsulotni yuklab jo’natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish
Тayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o’tkazish jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar: qabul qilish – t opshirish nakladnoylari, dalolatnomalar, rejalar, kartalariga muvofiq hisobga olinadi. Тayyor mahsulotlarni yuklab jo’natish o’z ichiga ikkita hujjatni – omborga buyruq va jo’natish uchun nakladnoyni qamrab oladigan buyruq – nakladnoy bilan rasmiylashtiriladi. Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma shartlariga asosan mol oluvchining nomi, uning kodi, mahsulotning miqdori va assortimenti hamda jo’natish muddati ko’rsatilganligini tegishli xizmat bo’limi yozib beradi.
Bu hujjat tegishli xizmat boshlig’i, omborchi va ekspeditor tomonidan imzolanadi. Buyruq – nakladnoy ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport nakladnoyiga binoan jo’natilgan o’rin miqdorini, yukning og’irligini va mol oluvchining bekatigacha mahsulotni yetkazib berish bo’yicha to’langan temir yo’l tarifi summasini ko’rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning jo’natganligi to’g’risida asos bo’lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi kartochkasining «chiqim» grafasiga j o’natilgan mahsulotning miqdorini yozib qo’yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Mahsulot jo’natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va transport tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining nomiga to’lov talabnoma – topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. Shu bilan bir vaqtda schyot – faktura ham yoziladi. Тo’lov talabnomasida jo’natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish (shartnoma) bahosi va qiymati ko’rsatiladi, bunday holda schyot faktura to’lov talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak. Тo’lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – fakturaga asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o’tkazib berishi to’g’risida mol yuboruvchining bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Schyot – faktura yoki to’lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan to’lanadigan idish va o’rama qiymati hamda temir yo’l tarifi ko’rsatiladi. Ayrim hollarda mol yuboruvchining to’laydigan temir yo’l tarifi to’lanmalar summasiga qo’shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko’rsatiladi.
3 . Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi
Mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo’natish shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o’z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va to’lovlarni bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisobi korxona buxgalteriyasining uzluksiz nazorati ostida turadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hujjatlari har kuni buxgalteriyaga tushadi va bu yerda ularning turlari bo’yicha miqdor natura hisobi yuritiladi. O y tugagandan so’ng ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami reja, sotish narxi bo’yicha va haqiqiy tannarxi bo’yicha baholanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxini taqqoslab tejalganmi yoki ortiqcha xarajat qilinganmi, shunga qarab korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. Shu yerning o’zida mahsulotlar jo’natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi, bu esa mahsulotlar sotilgandan so’ng olinishi mumkin bo’lgan tushum va foydani aniqlash imkonini beradi. 2 810- «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyoti bo’lib, uning saldosi korxonaning ombordagi mahsulotlar qoldig’ining haqiqiy tannarxini ko’rsatadi; debet oboroti – asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini, shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit oboroti hisobot oyida yuklab jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ko’rsatadi.