3. Ona tilidan nazorat shakllarini tashkil etish
Nazorat darslari o‘quvchilarning
o‘rganilgan materiallarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash, yo‘l
qo‘yilgan imloviy, punktuatsion va nutqiy xatolarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ona tilidan nazorat darslarini uch turga ajratish mumkin:
1. Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan
nazorat.
3. Nutqiy malakalarning egallanganligi ustidan nazorat.
Til hodisalarining o‘zlashtirilganlik darajasi ustidan nazorat berilgan tovush, so‘z, gap, matnni tahlil qilish,
so‘zlarni muayyan
xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini qiyoslab, ularning
o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo‘yilgan
savollarga to‘g‘ri javob qaytarish, topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali
aniqlanadi. Chunonchi, otlarning yoki sifatlarning ma’no guruhlari
o‘rganilgach, o‘qituvchi oxirgi mashg‘ulotni nazorat darsi sifatida rejalashtiradi.
O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat, asosan ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |