Kirish
Til va nutq, ularning farqli tomonlari
Nutq faoliyati turlari
Tadqiqotchilarning til va nutq munosabatiga yondashadilari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish Til-imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Nutq - tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish usuli, jarayoni.Demak, bu tushunchalar bir-biridan farqli va mohiyatan oʻziga xos tushunchalar ekan. Til oʻrnida nutqni, nutq oʻrnida tilni tushunishimiz xato hisoblanadi. Til va nutq oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining eng muhim vazifalardan biridir. Bu masala alohida bir milliy tilni yoki umuman tillarni nazariy taʼriflashdagi boshlangʻich nuqtadir. Til va nutq hodisalarini farqlash aksariyat tilshunoslar tomonidan tan olinadi, ammo ularning mohiyatini, chegarasini aniqlash mezonlari haqidagi fikrlar turli-tuman.
F.Sossyur til va nutqni nutq faoliyatining ikki ajralmas boʻlagi deb hisoblab, ularni "bir paytning oʻzida fizik, fiziologik va psixik, bundan tashqari, individual va ijtimoiy munosabatlarga daxldor" jarayonlar deb ta'riflagan edi. Til, Sossyurning fikricha, nutq faoliyatining ijtimoiy va psixik tomonlaridir, nutq esa uning individual va psixofizik tomonlari, yoli "odamlar nimani gapirsa, oʻshalarning yigʻindisidir"."Til faoliyat mahsuli emas, balki faoliyatning oʻzidir" degan gʻoyani ilgari surgan V.Fon Gumboltdan farqli oʻlaroq, Sossyur "til faoliyat emas, balki soʻzlovchi tomonidan passiv qayd qilinadigan tayyor mahsulot, nutq mahsulidir" deydi. Uning ta'kidlashicha, "tilning voqeligi, oʻz tabiatiga koʻra nutqqa nisbatan kam emas".
Til va nutq bir - biriga bog’liq hodisalardir. Til uchun nutq moddiy materialdir. Shu material asosida nutq tashkil topadi.
Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo’ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud. So’z, morfema, fonemalarning kishi xotirasidagi obrazlari ruhiy material hisoblanadi. Nutq tuzishda nomoyon bo’ladigan so’z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy materialdir. Bunda til bir tomondan moddiy hodisa bo’lsa, ikkinchi tomondan ruhiy hodisadir, degan xulosa kelib chiqadi. Tilning ruhiy hodisaligini uning ongda saqlanishi ko’rsatadi.
Biz xotiramizda saqlanayotgan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik so’z birikmasi va gaplarni hosil qilamiz. Masalan, ongimizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug’ildi, deylik. Uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz: Sen kitobni qayerdan olding?
Bunda biz sen, kitob, qayer, ol leksemalaridan: -ni, -dan, -da, -ng grammatikalaridan va so’roq gap modelidan hamda qoidasidan foydalandik. Bu gapni aytish jarayonida ongimizdagi leksemalar alohida morfemalarni qabul qilib, so’z shakllariga aylandi. Til ruxiy hodisadan moddiy hodisaga aylandi. Bu jarayon tugashi bilan tilga tegishli narsalar yana alohidalik holiga qaytadi va ongimizda avvalgidek saqlana beradi. Demak, ma`lum til jamoasidagi kishilar ongida tovush obrazlari sifatida saklanadigan va hamma vaqt haqiqatga aylanishga tayyor turgan so’z, fonema, turli lisoniy qoidalar, gaplarning modellari tilga tegishlidir. Tilga oid narsalar chegaralangan miqdordadir.
Ularning soni turli tillarda turlicha bo’ladi. Qaysi tilda til vositalari nisbatan ko’p bo’lsa, usha til boy til hisoblanadi. Jamoa hayotining butun sohalarini o’zida qamragan til jamiyat taraqqiyoti bilan rivojlanib boradi. Jamiyat extiyojiga javob bermay qolgan til elementlari iste`moldan chiqa boradi, ular urnida yangi ifoda vositalari paydo bo’ladi.
Tilda paydo bo’lgan tushunchalar dastlab ayrim shaxslar nutqida ko’rinadi, so’ng asta-sekinlik bilan butun jamoa ongiga singadi. Uni hamma bir tushunib, talaffuz etadigan bo’lgach, u til ixtiyoriga o’tadi. Aks holda alohida shaxsning nutqiga xos bo’lib qolaveradi. Masalan: o’zbek tilida so’zlovchi ba`zi kishilar nutqida “dizayner” (biror yumushni bajaruvchi shaxs) so’zi uchramoqda. Hali u butunlay o’zbek tilida gaplashuvchi kishilar ongiga singib ketgan emas. Shunday ekan, u hali ayrim shaxslarning tiliga tegishlidir. Uning o’zbek tiliga xos bo’lib qolish-qolmasligini kelajak ko’rsatadi.
Nutq tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda mavjudlikka (haqiqatga) aylangan fikrdir. Nutq, nutq a`zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi. Ruhiy hodisa bo’lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutq faoliyatining maxsulotidan, ma`lum shaklga kirishishdan iborat.
Nutq ikki xil bo’ladi: ichki nutq va tashqi nutq .
Nutq kishi ongida ham hosil bo’lishi mumkin. Bunda hali reallashmagan til unsurlaridan tashqil topadi. Bu ichki nutqdir. Kishilarning og’iz ochmasdan fikrlashi, munozara yuritishi, o’ylashi ichki nutqqa misol bo’ladi.
Upkadan chiqayotgan havoning nutq organlariga ta`siri, shu ta`sir natijasida ularning harakati bilan aniq tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq tashqi nutqdir. Nutq harakatdagi tildir. Nutq tilga tegishli narsalarni ma`lum vaqt bo’lagida bir- biriga qo’shadi, harakatga keltiradi. Nutq so’z shakllari, erkin birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topadi. Nutq jarayoni tugab, fikr tinglovchiga etib borgach, nutq ham tugaydi. Demak, so’z shakllari, erkin so’z birikmalari, so’z tartibi, gapning turli ko’rinishlari nutqnikidir. Tildagi ifoda vositalari chegaralangan bo’lishiga qaramasdan nutq cheksizdir. Til vositalari nutq ixtiyoriga o’tgach, ulardan cheksiz miqdorda gaplar tuzish mumkin. Nutq jamoadagi yolg’iz kishi tomonidan yaratiladi va alohida shaxs va kishilarga qaratilgan bo’ladi. Demak, nutq ijtimoiy hodisadir. U jamoadagi kishilarni birlashtirish, ma`lum maqsad sari yo’naltirish imkoniyatiga ega. Jamiyat taraqqiyotida nutq belgilovchi o’rin tutadi.
Til madaniyati deyilganda ana shu tildagi ifoda vositalarining ongli aralashish natijasida hamma tushunadigan va qo’llay oladigan darajaga keltirilganligi, ma`lum davr uchun mosligi, ishlatilish qonun va qoidalari, me`yorlarining qay darajada aniq va mukammal ishlanganligi, sayqal topganligi tushuniladi. Boshqacha aytganda, til madaniyati deganda, til birliklari va ular imkoniyatlari taraqqiyotining, ular o’rtasidagi munosabatlar hamda shu munosabatlarni ta`minlovchi qonun-qoidalarning ishlanish darajasi tushuniladi.
T.Qudratov bu haqda shunday deydi: “Tilning madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksisining taraqqiyoti va boyish darajasi, so’z ma`nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutq madaniyati, uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi va tizimi bo’lib, ular til madaniyati, til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq”.
Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, shu tildan foydalanuvchilarning ongida yashaydi. Lekin bu boylikning o’zlashish darajasi jamoa a`zolarining har birida har xil bo’ladi.
Qaysi shaxs til madaniyatiga tegishli vositalarni o’zlashtirgan va ularni o’z nutqi jarayoniga aylantirgan bo’lsa, o’sha shaxsning nutqi shu darajada madaniyatli bo’ladi.
Nutq yakka shaxs ijodi ekan, uning madaniyati ham shaxsning til imkoniyatlarini qanchalik o’zlashtirganligiga va ulardan nutq sharoitiga mos mohirona foydalana olishiga bog’liqdir.
Tilning lisoniy imkoniyatlarini egallash ikki bosqichdan: bilish va bu imkoniyatlarni chuqur o’zlashtirishdan iborat. Til vositalarini bilish nutqni tinglaganda, ularning ma`nosi va vazifasini anglashda ko’rinadi, ya`ni tinglovchi tinglagan va o’qigan narsalarini tushunadi. Bunday shaxs o’zgalar nutqini yaxshi tushunadi.
Ikkinchi bosqich til sistemasi taqdim etgan imkoniyatlarning katta qismini chuqur o’zlashtirishdan, ularni nutq tezkorligiga aylantirib olishidan iboratlir. Bunga erishgan shaxsning nutq ravon, boy, obrazli, o’rinli bo’ladi. Birinchi bosqichda anglab olingan nutq vositalari ustida doimiy mashq qilish, ularni xotirada saqlashga doimo e`tibor berish, bu imkoniyatlarni nutqiy tezkorlikka aylantiradi.