Amanova safargul ummatqulovna



Yüklə 491,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü491,17 Kb.
#178262
  1   2   3   4


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
56
AMANOVA SAFARGUL 
UMMATQULOVNA,
Stars international 
unversity talabasi
ILMIY RAHBAR: ESHONQULOV 
AZAMAT ABDIRAXIMOVICH,
TDIU Buxgalteriyasi hisobi 
kafedrasi assistenti;
BUXGALTERIYA 
BALANSI: TURLARI, 
TARKIBIY TUZILISHI VA 
UNGA QO‘YILADIGAN 
TALABLAR
Annotatsiya:
 
Ushbu maqolada buxgalteriya balansida korxonaning moliya-xo‘jalik fa-
oliyati to‘g‘ risida katta hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy re-
surslarning mavjudligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda)
ning kapitalizatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati, 
debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati 
va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Kalit so‘zlar:
 buxgalteriya balansi, aktiv, passiv, debitor, kreditor, xo‘jalik yurituvchi su-
byekt, moliyaviy natijalar(foyda)ning kapitalizatsiyasi.
KIRISH
Buxgalteriya balansida korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida katta 
hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy resurslarning mavjud-
ligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda)ning kapitali-
zatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati, debitor-
lik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati 
va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.
To‘liq bo‘lmagan va ishonchsiz ma’lumotlar qoidaga ko‘ra korxonaning raqobat-
bardoshligi va moliyaviy-iqtisodiy holatida aks etuvchi noto‘g‘ri (xato) boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishga olib keladi.
Ma’lumotlardan foydalana olmaslik, ya’ni uning asosida monitoring va tahlilni 
amalga oshira olmaslik to‘plangan ma’lumotlarning foydasizligiga, menejmentning 
sifati yomonlashishiga olib keladi.
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp56-62


STARS International University
57
Korxona rahbarlari buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shaklla-
rida keltirilgan ma’lumotlardan foydalana olishi, ularni o‘qiy olishi, ulardagi ma’lumot-
lardan foydalangan holda har bir hisobot moddasi orqasidagi korxonaning haqiqiy 
holatini ko‘ra olishlari, mablag‘lar qayerdan kelib tushganligi va ular qayerda joylash-
ganligini hamda ularning normal ish faoliyati uchun yetarliligini baholay olishlari kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘laqonli faoliyat yuritishi va doimiy iqtisodiy 
o‘sishi uchun doimiy ravishda uning moliya-xo‘jalik holatini tahlil qilish va baho-
lash zarur. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik holati haqidagi hisobot 
ma’lumotlarini muntazam kuzatib borish korxona iqtisodiy siyosatiga o‘z vaqtida 
tuzatishlar kiritib borishiga imkon beradi.
Shunday tahlil qilinadigan va baholanadigan hujjatlardan biri moliyaviy hisobo-
tda asosiy o‘rin egallaydigan asosiy shakllaridan biri hisoblangan buxgalteriya ba-
lansidir. Qonunchilikka ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan muddat va 
hajmlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishlari, shuningdek, hisobotlarni taqdim 
qilish va ayrim moddalarini baholashda zarur talablarga rioya qilishga majburdirlar.
Buxgalteriya balansi asosiy hisobot shakli sifatida davlat organlari, korxona rah-
bariyati, korxona mulkdorlari, banklar va investorlar, kreditorlar va debitorlar oldi-
da hisobot taqdim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Korxona mablag‘lari va ularning manbalarini guruhlash va umumlashtirish vo-
sitasi sifatida va ularni qiymat ifodasida aks ettirganligi hamda moliyaviy hisobot 
tarkibida asosiy o‘rin tutganligi sababli buxgalteriya balansining turlari va shaklla-
rini o‘rganishning dolzarbligi oshib boradi.
Buxgalteriya balansining turlari va shakllarini turkumlagan holda o‘rganish 
korxonaga buxgalterlik moliyaviy hisobotni yuritishning maqbul usulini tanlashga 
imkon beradi. Shu bois har xil vaziyatlar uchun buxgalteriya balansining turkum-
lanishini ko‘rib chiqamiz.
Buxgalteriya balansining turkumlanishiga nisbatan soha mutaxassislari tomoni-
dan turli xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, M.S.Ribyantseva va Ye.A. Oksanich-
lar buxgalteriya balansi tuzish maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli xil belgilar 
bo‘yicha turkumlanishini keltirishgan. Buxgalteriya balansini turkumlash belgilari 
bo‘yicha quyidagilarni qayd etishgan:
– buxgalteriya balansini tuzish vaqti bo‘yicha;
– buxgalteriya balansida aks etgan ma’lumotlar bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish manbalari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansi axborotlari hajmi bo‘yicha;
– buxgalteriya balansining tozaligi bo‘yicha;
– korxona faoliyati tavsifi bo‘yicha;
– mulkchilik shakllari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish maqsadlari bo‘yicha [1].
Rossiyalik mutaxassis M.A. Ryabova va N.A. Bogdanovalar tomonidan buxgal-
teriya balansini quyidagi belgilar bo‘yicha turkumlashga e’tibor qaratish lozimligi 
ko‘rsatilgan:
– tuzish vaqti bo‘yicha;
– tuzish manbasi bo‘yicha;
– tarkibi bo‘yicha;
– aks ettiriladigan obyektlari bo‘yicha;
– moddalarining tozaligi bo‘yicha;


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
58
– ma’lumotlarni taqdim etish shakli bo‘yicha [2].
Yuqorida keltirilgan mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarni tahlil qiladigan 
bo‘lsak, buxgalteriya balansini turkumlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan belgilar 
to‘liq keltirilmagan.
O‘zbekistonlik olimlardan professor R.D. Dusmuratov balansning turlarini tur-
kumlash bo‘yicha quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatgan:
– tuzish manbasi;
– mulkchilik shakli;
– axborotlar hajmi;
– tuzish vaqti;
– huquqiy maqomi;
taqdim etilish vaqti;
– qayta tashkil etish tartibi;
– tuzilish shakli;
– soflik darajasi;
– faoliyat turi;
– tarmoqlar bo‘yicha;
– tuzish usuli bo‘yicha [3].
R.D. Dusmuratov tomonidan keltirilgan turkumlash belgilari boshqa mualliflar 
tomonidan keltirilgan turkumlash belgilariga nisbatan to‘liqligi bilan ajralib turadi.
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan buxgalteriya balansining tarkibi bo‘yicha 
bildirilgan fikrlarda buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iboratligi ham-
da aktiv qismi aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlardan, passiv qismi 
esa kapital va rezerv, uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyat-
lardan iboratligi keltirilgan [4].
O‘zbekistonlik mutaxassislar, jumladan, R.D. Dusmuratov[5]ning ishlarida bux-
galteriya balansi ikkita bo‘limdan: aktiv va passivdan iborat bo‘lib, balans aktivi, 
o‘z navbatida, uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar, passivi esa o‘z mablag‘lari 
manbalari va majburiyatlardan iborat.

Yüklə 491,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin