Paxta va zig‘ir tolasining arqoq va tanda iplari. Polotno va sarja to‘­qish. Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini aniqlash



Yüklə 11,86 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü11,86 Kb.
#194939
  1   2   3   4   5
  • 5-sinf texnologiya darsligi asosida 33-mavzu:
  • Gazlamaning arqoq va tanda iplari haqida eshitganmisiz? Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlari qanday aniqlanadi?
  • To‘qimachilik iplarining tanda va arqoq o‘ralishi natijasida gazlama hosil bo‘ladi. Gazlama bo‘ylab boradigan iplar tanda iplar deb ataladi, ko‘ndalang joylashganlari esa arqoq iplar deyiladi. Tanda iplar – tekis, ingichka, yo‘g‘onligi bo‘yicha bir xil, zich o‘ralgan, xuddi simday tortilgan, pishiq, qattiq bo‘ladi. Gazlamada tanda ip uning uzunligini belgilaydi.
  • Arqoq ip – yo‘g‘onligi bo‘yicha turli xil, ixcham, yumshoq bo‘ladi. Bunday ip cho‘ziluvchan, mato birdaniga tortilsa ip bo‘g‘iq tovush chiqaradi. Gazlamada arqoq ip uning enini belgilaydi. Gazlamaning milki bo‘ylab ko‘- pincha tanda iplar joylashadi, shu bois, pishiq o‘ralma chok yuzaga keladi. Chok mato iplarini titilishdan va cho‘zilib ketmasligidan saqlaydi.
  • Chokdan chokkacha bo‘lgan masofa matoning eni deyiladi. To‘qimachilik matolarini ishlab chiqarish uch bosqich – yigirish, to‘qish va bezatishdan iborat bo‘lgan murakkab jarayondan iborat
  • Yigirish – bu uzun, yigirilgan ipni o‘rash yo‘li bilan qisqa tolalardan olinadigan jarayon. Yigirish fabrikasiga tola bosib taxlangan holda keltiriladi. Ularga maxsus mashinalarda bir nechta bosqichda ishlov beriladi:
  • tola titilganidan keyin bir xil qolipda aralashtirilib, tarkibidagi qo‘shilmalardan ajratilganidan so‘ng bo‘z holiga keladi;
  • bo‘zni tarab va tola hajmini cho‘zib eni yuzaga keltiriladi;
  • tola hajmini yanada cho‘zib, o‘rab, tayyor bo‘lgan yigirilma (yigirilgan iplar) chig‘iriqqa (aylanmaga) o‘ralashadi. Ishlab chiqarishdagi asosiy kasb yigiruvchi mutaxassis hisoblanadi.
  • U bir vaqtning o‘zida bir nechta stanoklarda ish bajara oladi. Ish jarayonida yigiruvchi mutaxassis ipning uzilganini yengil va tez fursatda bartaraf qiladi, g‘altak va bobinani almashtiradi, jihozlarga xizmat ko‘rsatadi.
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin