Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI

Har bir loyiha 
(loyihalar guruhi) bo’yicha 
axborot 
buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi 
va o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
1.
Belgilangan shaklda loyiha pasporti, loyihani amalga oshirish rejagrafigi, manzilli 
dastur shakllantirilayotgan muddatda loyihani amalga oshirish holati to’g’risida batafsil axborot. 
2.
Loyiha pasporti quyidagilarning bo’lishini taqozo etadi: 
texnik tavsif; 
atrof muhitga ta’sirini baholash
ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqib tashkiliy tadbirlarning 


samaraliligini va amalga oshiriluvchanligini baholash; 
mahsulotga bo’lgan talabning hajmi va xarakteri; 
muammolarni hal etishning muqobil variantlari, shu jumladan faoliyat yuritayotgan 
korxonalarni rekonstruktsiya qilish orqali; 
moddiy va inson resurslari; 
investitsion loyihaning kattaligi to’g’risida axborot. 
Aniq 
loyihaning tanlab olinishi 
ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
Aniq tarmoq yoki hududdan kelib chiqib loyihaning dastlabki baholanishi amalga 
oshiriladi; 
Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va hududlari ustuvorligi asosida ajratish amalga 
oshiriladi. 
Vazirlik va idoralar 
– xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning mablag’larini 
jalb qilish asosida amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning buyurtmachilari, Moliya vazirligi 
va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek vakolatli banklar bilan 
birga- likda belgilangan muddatlarda (dekabrning o’rtasiga qadar) qarz kelishuvlari kuchga kirishi 
bo’yicha tadbirlar (protseduralar)ni tugallashlari zarur. 
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi: 
har chorakning yakuniga ko’ra Investitsion dasturning ijrosi borasida axborot-tahlilni 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida muhokama qilish uchun taqdim etadi; 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda buyurtmachilarning 
qurilishlari manzilli ro’yxatiga konkurs savdolari va alohida qurilishlar va ob’ektlar bo’yicha 
o’zlashtirish natijalari bo’yicha tasdiqlangan limitlar chegarasida tuzatishlar kiritadi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo’mitasi loyiha va qurilish-montaj 
ishlarining sifatini nazorat qilishni ta’minlaydi, shuningdek shartnoma majburiyatlari bajarilishi 
va markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’ektlar bo’yicha qurilish 
muddatlariga investitsion loyihalarni amalga oshirish davri davomida rioya qilinishini 
ta’minlaydi va olib borilayotgan ishlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
har chorakda hisobot beriladi. 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasi 
Davlat arxitektura-qurilish qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 
birgalikda markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda 
narxlarning shakllanishi ustidan muntazam nazorat olib boradi. 

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin