Mavzu: qurilish faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish asoslari reja



Yüklə 10,89 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü10,89 Kb.
#201983

13-14 MAVZU: QURILISH FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA TASHKILLASHTIRISH ASOSLARI
REJA:
1. Qurilishda rejalashtirishning asosiy vazifalari, tamoyillari va xususiyatlari.
2. Kapital qurilishni rejalashtirishning turlari, mazmuni va yoʻnalishlari.
3. Qurilish ishlab chiqarishini va qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini rivojlantirishni rejalashtirish.
4. Pudratchi tashkilotlar miqyosida ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish.
5. Qurilish ishlab chiqarishi va uni tashkillashtirish.
6. Qurilish korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasi.
Tayanch atamalar va iboralar: Rejalashtirish. Direktiv va indikativ rejalar. Rejalarni ishlab chiqishning ilmiy asoslangan usullari. Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirish tamoyillari. Rejalashtirishning tashkiliy pogʻonalari. Kapital qoʻyilmalar rejasi. Loyiha-tadqiqot ishlarini rejalashtirish. Qurilish meʼyorlari va qoidalari (QMQ). Qurilish ishlab chiqarishi va qurilish-montaj tashkilotlari quvvatini rivojlantirish rejasi. Qurilish ishlab chiqarishi rejasi. Texnik-iqtisodiy yoki yillik rejalashtirish. Operativ-ishlab chiqarish yoki joriy rejalashtirish. Biznes-rejalashtirish. Biznes-rejani ishlab chiqishdagi talablar.
Bozor iqtisodiyoti, baʼzi mutaxassislar, ayniqsa bozor tarafdorlari oʻylaganidek, xoʻjalik yuritishdagi qurilish ishlab chiqarishini samarali investitsiyalash va tashkil qilishda oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan avvaldan oʻylab qoʻyilgan qarorlarning zaruriyatini inkor qilmaydi, balki aksincha, kuchaytiradi.
Rejalashtirish - kapital qoʻyilmalar va qurilishni prognozlashning tarkibiy qismidir. Qurilish industriyasining quyi pogʻonasidagi korxonalar va tashkilotlar miqyosida u optimal rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda oʻz aksini topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirishga nisbatan avvalgi buyruqbozlik yondashuvi yoʻq, unda amaldagi qonunchilikda tasdiqlangan meʼyorlardan tashqari avvaldan tasdiqlanadigan nazorat raqamlari, limitlar va qatʼiy meʼyorlar boʻlmaydi, bu esa ishlab chiqilayotgan qurilish dasturlarining ilmiy asoslanganligini va realligini taqozo qiladi.
Qurilishni va qurilish tashkilotlarini rivojlantirish rejalarini texnik-iqtisodiy asoslash zarurligi miqdoriy va sifat, natura va qiymat, hajmiy va solishtirma koʻrsatkichlar tizimi mavjud boʻlishini taqozo etadi.
Qurilish tashkilotini (firmasini) iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish rejasi bir necha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ularning ichida markaziy va eng muhimi ishlab chiqarish dasturi yoki asosiy fondlar yoki ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejasi boʻlib, qiymat va natural ifodada ishlab chiqiladi.
Yangi investitsion quyilmalar, ―nou-xau‖, qurilishning yangi turlarini oʻzlashtirish koʻpincha maqsadi yoki pirovard funksiyalari bilan farq qiluvchi biznes-rejalar yoki biznes-loyihalarni ishlab chiqishni talab qiladi.


Oʻz-oʻzini nazorat qilishga oid savollar
1. Qurilishda rejalashtirishning mazmuni, turlari va vazifalarini bayon qilib bering.
2. Bozor sharoitlarida rejalashtirish va prognozlash funksiyalari qanday oʻzgaradi?
3. Qurilish tashkilotini (firmasini) rivojlantirish rejasining qanday boʻlimlari va koʻrsatkichlarini bilasiz?
4. Qurilish korxonasining faoliyati va rivojlantirish rejasining asoslanganligi nimadan iborat?
5. Biznes-rejani ishlab chiqishning mazmuni va tartibini tushuntirib bering.
6. Qurilish ishlab chiqarishi‖ va qurilishni tashkillashtirish tushunchalarining mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.
7. Qurilishni tashkillashtirish loyihasi (QTL) va qurilish ishlarini ishlab chiqish loyihasi (QIChL)‖lari mazmunini tushuntiring va ularning tarkibiga nimalar kiradi?
8. Qurilish jarayonlari tashkil etilishining murakkablik darajasiga qarab qanday turlarga boʻlinadi? Ularni tushuntirib bering.
9. Qurilish korxonalari ishlab chiqish va tashkiliy tuzilmalarini tushuntiring.
Yüklə 10,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin