Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar.
Qisqacha tavsif
Keynschilik iqtisodiyoti atamasi o‘z davrida muhim iqtisodchi olimlardan biri bo‘lmish J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomidan kelib chiqqan. O’g‘ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari otasining erishgan yutuqlaridan kam bo‘lmadi, albatta. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganish J.M.Keynsning hayoti ko‘p tomonlama J.S.Mill hayotiga o‘xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu har ikkala iqtisodchining otalari ham o‘z davrining bilimli iqtisodchi olimlari bilan zamondosh bo‘lishgan: Jeyms Mill David Rikardononing, J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do‘stlari sanalgan.
Asosiy asarlari «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1923),
«Erkin tadbirkorlikning tugatilishi»(1926),
«Pul to‘g‘risida traktat»(1930),
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)
Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan.