Fayzulla Xo’jayevning bxsr boshqaruvidagi o’rni



Yüklə 19,25 Kb.
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü19,25 Kb.
#133880
  1   2

Fayzulla Xo’jayevning BXSR boshqaruvidagi o’rni
Fayzulla Xo’jayev (1896-1938)bor yo’g’i 42 yil umr ko’rdi.Qisqa, ammo mazmunli va sertashvish, mas’uliyatli sinovlarga to’lib toshgan hayoti davomida millati va xalqi uchun eng murakkab vaziyatlarda ham to’g’ri qaror qabul qilish salohiyatini namoyon qilganiga ortda qolgan XX asr voqealari guvoh.1U otasidan me’ros qolgan boyliklarni va amir xazinasini davlatga topshirdi. Bu mablag’larni yosh respublikaning iqtisodini yo’lga qo’yish, aholidan ikki yil soliq olmaslik, yoshlarni xorijga o’qitish, zamonaviy sa’noat va o’quv muassassalarni ochish uchun sarfladi. Mablag’lar sarflanishi ustidan nazoratni shaxsan o’z zimmasiga oldi. U yoshlarga zamonaviy bilimlarni o’qitmay turib muvaffaqiyatga erishish mumkin emasligini anglab, buxorolik yoshlarni Turkiya, Germaniya va Rossiyaga yuborishda tashabbuskor bo’ldi. Uning bevosita rahbarligida Moskvaga o’qishga yuborilgan bolalar uchun Moskava markazida fabrikant Savva Morozovdan qolgan uy sotib olinib “ Buxoro ma’orif uyi ’’ tashkil etildi ”. Germaniyaga yuborilgan talabalar uchun Berlin bankiga har bir talaba hisobiga katta miqdorda ya’ni 125 ming dollardan mablag’ joylashtirilganligi tarixiy manbalarda keltirilgan.2Uning va boshqa hukumat a’zolarining tashabbusi bilan Germaniyaga 50 nafar, Turkiyaga 25 nafar, Ozarbayjonga 25 nafar,Rossiyaga 290 nafar o’quvchi va talabalar o’qish uchun yuborildi. F.Xo'jayev yosh respublikaning ham iqtisodiy ham ijtimoiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi borasida dastlabki islohotlarni amalga oshirgan. Buxoroda dastlabki ilmiy jamiyat tashkil etilishi ham uning nomi bilan bog’liq.3“Uning rahbarligida 1921-yilda ilmiy jamiyat, 1924-yil 12-aprelda “Buxkino” tashkil etilib, Leningrad Sevzapkino tashkiloti bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolaydi”.Xalq ma’naviyatini yuksaltirishga harakat qiladi ammo bu ko’zlangan natijani bermaydi.
Bu davrda respublika aholisining iqtisodiy ahvoli og’ir holga kelib qolgandi.4“F. Xo’jayev Rossiya tashqi savdo birlashmasini BXSRdan «hamma narsani olishga ammo hech narsani bermaslikka qodir…» deb aybladi. Natijada 1922-yilning bahorida BXSRga bir qator qurilish materiallari, kerosin, neft, temir mollar, qog’oz, daftar, gugurt, kalishlar olib kelingandi”. F.Xo’jayev BXSRda hokimiyatni boshqargan yillarida yurtimizga birqator zamonaviy texnika vositalari ham kirib keldi.5“Bevosita Rossiya Federatsiyasi hududidan yerni chuqur haydaydigan temir plug , paxta kvadrat uyalab ekadigan seyalka,borona, AQSHdan yer tekislaydigan borona va traktorlar keltirildi”. Qishloq xo’jaligini zamonaviy, ilg’or texnika bilan qurolllantirish maqsadida 1923-yil Chexoslavakiyadan Buxoro Respublikasiga 20 dona traktor, yer tekislaydigan moslama, xorijlik mutaxasislar keltirilganligi ma’lumotlarda qayd etilgan.
BXSR tashkil topishi bilan mamlakatning davlat tili masalasi muhim bo’lib turgan.6“ 1921-yilning 11-martda F.Xo’jayev tashabbusi bilan Buxoro Xalq Nozirlar Sho’rosi o’zbek (turkiy) tilini mamlakat hududida davlat tili deb e’lon qildi”.F. Xo’jayev 1920-1923 yilllarda BXSRda ochilgan dorilmuallimin (2yillik o’qitish O.A.) boshlang’ich, o’rta to’liqsiz maktab,savodsizlikni bitirish kurslarining moddiy texnnik bazasini mustahkamlash uchun hukumat rahbari sifatida ko’p kuch-quvvatini sarflagan. Buxoroda vaqf mulklaridan keladigan daromadlarni ta’limga yo’naltirish chora- tadbirlarini ko’rganligi alohida e’tiborga loyiq.7“Vaqf masalarini hal qilish uchun respublika tarixida birinchi marta 1923- yilning 5-oktabrida “ Butun Buxoro vaqf qurultoyi” chaqirildi.Qurultoyning hay’at rayosati faxriy raisligiga F.Xo’jayev, Porso Xo’jayev, A.Rahimboyevlar saylangan”. F.Xo’jayev yosh respublikaning qo’shni respublikalar bilan bo’lgan munosabatlarida qatnov tizimini yo’lga qo’yishga harakat qilgan. 8“BXSR rahbari F.Xo’jayev 1923-yilning bahorida Moskavda bo’lib,respublika hududi bo’ylab samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish to’g’risida shartnoma tuzgan”.
Dastlabki paytlarda aholining salomatlik darajasi juda past bo’lgan.9“Respublika aholisining salomatligini tiklash, yuqumli kasalliklarni oldini olish uchun hukumat tegishli choralarni ko’rdi. “Xalq salomatligini saqlash markaziy idorasi” to’g’risida nizomnoma tuzilgan”. Uni F.Xo’jayevning shaxsan o’zi imzolagan.
Xulosa qilib aytganda F.Xo’jayev o’zining BXSRdagi 4 yillik faoliyati davomida respublika aholisining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga, xalqni ma’rifatli qilishga,rivojlangan mamlakatlat yutuqlarini o’zlashtirgan holda xalq orasida yangicha dunyoqarashni yoyishga harakat qilgan.

1

Yüklə 19,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin