Axborotlashgan jamiyat mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi uchta asosiy ilmiy-nazariy yondashuv mavjud bo‘lib, ularning birinchisini, amerikalik olimlar F. Maxlup, M. Porat, D. Bell-larning ilmiy yondashuvlari aks ettiradi.
Ularning fikricha, axborotlashgan jamiyat mavjudligini asoslovchi mezon — bu axborotlashgan (nomoddiy) sektorning YAIM (Yalpi ichki mahsulot)dagi ulushidir.
Axborotlashgan jamiyat haqida asosiy tushunchalar
Ikkinchi ilmiy yondashuv «axborotlashgan portlash» nazariyasiga asoslanadi.
Bu nazariyaga muvofiq, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan axborotlashgan jamiyatni shakllantiradi.
Bunday konsepsiya yapon olimlari T. Umesao, YU. Xayoshi va YU. Ito-arning ilmiy-tadqiqot ishlarida yoritilgan.
Uchinchi yondashuvga ko‘ra axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri — bu AKT’ning barcha sohalarda keng tarqalishidir. Bunday nazariya yevropalik iqtisodchilar E. S. Daff, S. Nor va A. Minkalarga tegishlidir.
Axborotlashgan jamiyat haqida asosiy tushunchalar
O‘zbek olimlaridan professor A. M. Qodirov axborotlashgan jamiyat yaralishi zaminida quyidagi jarayonlar yotadi deb hisoblaydi :
AKTning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
mintaqaviy mehnat taqsimotida tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi;
nazariy bilim va ta’lim rolining oshishi;
transport va telekommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashishi;
Internet bilan bog‘liq biznesni tashkillashtirish yangi shakllarining paydo bo‘lishi (virtual firmalar, internet-kommersiya, internet banking va boshqalar);