Toshkent viloyati hokimining birinchi o’rinbosari X.Niyazovga O’zbekiston Rexpublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini ‘Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-27-son Farmonida amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI to’g’risidagi ilovasi 30-maqsad, 104-bandida 2023-yilda Respublika hududlarida 500 gektar issiqxonalar tashkil etish belgilangan.
Shunga muvofiq, Toshkent viloyati, Toshkent tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “INNOVATSION-ILM-BOG’I” MCHJ korxonamizga biriktirilgan 8 gektar sug’oriladigan yer maydonida yerning ustki qatlamiga zarar yetkazilmasdan, gulchilik va ko’chatchilikga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona barpo etishga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5742-son Farmonining 5-bandida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi ‘O’zbekiston Respublikasida bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4246-son qarorining 7-bandi “a” kichik xatboshisida sug’oriladigan yerlar hisobidan bog’dorchilik, uzumchilik va boshqa ko’p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi hulosasiga asosan amalga oshirilishi belgilab qo’yilganligini inobatga olib, ushbu masalada amaliy yordam merishingizni so’raymiz.