Zamonaviy menejment boshqaruv usullari Reja



Yüklə 60,26 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü60,26 Kb.
#201891
  1   2
boshqaruv usullari


Zamonaviy menejment boshqaruv usullari

Reja:
1. Menejmentning mohiyati va vazifalari.
2. Menejment boshqaruv predmeti va boshqarish uslublari.
3.Menejmentda boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi.

1.Menejmentning mohiyati va vazifalari.
Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejmentning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.
Ayrim tadqiqotlar menejment kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.

Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment, moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.


Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Masalan, XX asrning 50—60-yillarida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-yillarda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
XX asrning oʻrtalariga kelib menejment Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlandi. 1966-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutining tashkil qilinishi, akademik V. K. Qobulov boshchiligida olib borilgan nazariy, uslubiy, amaliy ilmiy tadqiqot ishlari respublikada M. fanining rivojlanishiga asos boʻldi. Menejment sohasida birinchi tadqiqotlar sinfiy maktablar tomonidan amalga oshirilgan. Birinchi menejerlarni asosan ishlab chiqarish (texnik yondashuv) masalalari tashvishga solgan. Ular o‘z faoliyatlarini ishchilarni moslash masalalariga qaratganlar. Bu maqsadlar uchun ish joyi dizayni ishlab chiqilgan. Turli operatsiyalarga ish vaqti o‘rganilgan va hokazo. O‘sha davrning ko‘pchilik tadqiqotchilari menejment bu san’at deb tasavvur qilgan. Menejmentni bunday tushunishning sababi hamma xodimlar ham o‘z o‘lchovlari bo‘yicha rahbarlik lavozimiga to‘g‘ri kelmasligidir.

2. Menejment boshqaruv predmeti va boshqarish uslublari.


XX asr oxiri XXI asr boshlarida menejment Oʻzbekistonda maxsus fan sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshladi, menejmentga doir tadqiqotlar yoʻlga qoʻyildi, darsliklar yozildi.
Hozirgi paytdagi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan sanoat korxonalarida ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Bu borada Respublikamiz Prezidenti quyidagilarni ta‘kidlab o’tdi: ―... korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. O’z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini ta‘minlash imkonini beradi. Shuning bilan birga modernizatsiya va xalqaro standartlarga o’tish nafaqat ishlab chiqarish vositalariga balki boshqaruv tizimiga ham bevosita bog’liqdir. Mamlakatimizda beqiyos iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda yangicha dunyoqarashdagi zamonaviy rahbarlar faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, “O’zbekistonimizning ertangi kuni ma‘naviy-madaniy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan, zamonasining ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga mos, kasb-kor mahoratini o’zida mujassam etgan, g’ururi baland, iymoni butun, irodasi baquvvat, chinakam vatanparvar, insofli va oriyatli insonlar qo’lida deb aytsak, aslo mubolag’a bo’lmas. Respublikamizda bozor munosabatlarining joriy etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik tuzilmalari jadal rivojlanmoqda. Albatta bu o’zgarishlarning markazida inson, uning mehnati, undagi tadbirkorlik salohiyati yotadi. Bu jarayonda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish menejment fanining vazifasidir. Iqtisodiy adabiyotlarda tashkilot, korxona, firma, korporatsiya, kompaniyalar tirik organizmga qiyoslanadi. Unga ko’ra tashkilot yoki korxona tug’ilishi, ulg’ayishi va tanazzulga yuz tutishi tabiiy holdir. Menejment fanida tashkilotga – yagona maqsad yo’lida birlashgan insonlar majmui deb ta‘rif beriladi. Demak, har qanday korxona inson resurslaridan tashkil topadi. Shunday ekan, tashkilot muvaffaqiyatini ya‘ni belgilangan maqsadga etishishini ko’p jihatdan undagi kishilarning tayyorgarligi, xohishi va ishbilarmonligi ta‘minlaydi. Bu esa tashkilot yetakchilari, ya‘ni rahbarlardan ishga alohida mas‘uliyat bilan yondashishni talab etadi. Xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan boshqarish tushunchasiga turlicha ta‘riflar beriladi jumladan M.X.Meskon, M.Albert, F. Xedourilar: “Boshqarish – bu tashkilotning maqsadlarini aniqlash va ularga erishi uchun rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat jarayonidir” deb ta‘rif beradilar. P.F.Druker esa boshqaruvga “... betartib olomonni samarali va mahsuldor guruhga aylantiruvchi alohida faoliyat turidir” deb hisoblaydi. S. G’ulomov o’zining “Menejment asoslari” nomli kitobida menejmentga shunday ta‘riflar beradi:
1. Menejment - bu iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turidir.
2. Menejment iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni ko’zda tutadi.
3. Menejment – bu maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki bu mehnatni samarali tashkil qilishga yo’naltirilgan boshqaruv.
4. Bu mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o’z vazifasi deb biluvchi boshqaruvdir.
5. Menejment – bu yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi bo’lib, uning muhim bo’g’ini, bu aniq boshqaruv sharoitlarini, yangiliklar loyihasini ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni har tomonlama va aniq tahlil qilishdir.
6. Menejment o’zining egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb biladi, o’z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon‘yunkturasi, hamda raqobat kurashi, ijtimoiy taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega.
7.Menejment – bu shunday faoliyatki, bunda inson xarakatlarini tayyorlash, tashkil qilish va to’g’ri yo’lga solish haqidagi san‘atdir. M.Qosimov tomonidan: “Menejment – bu tashkilotning maqsadiga erishishidagi munosabatlar va faoliyatlarni rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish, mehnat taqsimotini oqilona muvofiqlashtirish, xodim orasida moyillik mexanizmini adolatli qo’llash va ularning bajarilishini nazorat qilishdir. Buning uchun hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va xizmatlar haqida ma‘lumotlar to’planadi, ularga ishlovlar beriladi, tahlil qilinadi, o’rganiladi, boshqaruv echimlari qabul qilinadi rahbarlar rahnamolik qiladi”, – deb ta‘rif beriladi. Har bir sanoat korxonasi ichida o’ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. Korxonadagi ichki bo’lim va bo’linmalardagi turli jarayonlar, me‘yorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya kabilar boshqaruv apparatiga bevosita ta‘sir ko’rsatadi.
Bu jarayonda salmoqli o’rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi. Sanoat korxonalarida boshqaruvning funksional strukturasini quyidagi 1 – rasm orqali aks ettirish mumkin: 1-rasm. Boshqaruvning funksional tuzilmasi Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha iqtisodiy islohotlar ko’p qirrali iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilgan bo’lib, bu jarayonning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi sanoat korxonalarini zamon talablari darajasida rivojlantirib borishni bevosita o’z ichiga oladi. Chunki dunyo tajribasida va O’zbekistonda orttirilgan tajribadan ko’rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri ham mulkning ommaviy tus olib borayotganligidir. Ma‘lumki, respublikamizda mulkdorlar tarkibi va soni tubdan o’zgarib, mulkka xo’jayinlik hissining amaliy mustahkamlanishiga erishmoqda. Korxonalar aksiyalari ochiq savdoga chiqarilib, mulkdorlar sinfini ko’payishiga, kishilarning aksiyaga ega bo’lish ishtiyoqining o’sishiga erishilmoqda. Samarali mehnat qilish, ijobiy natijalariga erishishdan ommaviy jonbozlikning ortishi va shu kabi boshqa muhim masalalarni hamda bu boradagi yechimi qiyin bo’lgan masalalar bosqichmabosqich hal etilmoqda. Bu hol boshqaruvning bozor iqtisodiyoti mohiyatiga monand ekanligini to’la-to’kis tasdiqlamoqda. Iqtisodiyotda mulkning bevosita o’z egasini topishi, kishilarning ham mulkdor, ham mehnatkash sifatidagi manfaatlarning uyg’unlashuvini ta‘minlashda rahbar mehnati va boshqaruv funksiyalarining tashkil etilishi muhim rol o’ynaydi. Yuqoridagilarni e‘tiborga olgan holda ta‘kidlash lozimki, sanoat korxonalarida xo’jalik faoliyatining ijobiy natijalari boshqaruv darajasi va sifati bilan uzviy bog’liq ekanligini hayotning o’zi isbotlab turibdi. Shuning uchun sanoat korxonalarida boshqaruvning strategik yo’nalishlarini aniq belgilab olish, uning tarkibiy tuzilishini muvofiqlashtirish va boshqaruvning samarali mexanizimi har bir korxona faoliyatiga xos bo’lgan jiharlar asosida tashkil etish istiqboli rivojlanishning asosiy garovi bo’lib qolmoqda. Fikrimizcha boshqaruvni yaxshilash uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish kerak:
1.O’zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini boshqarishni milliy modelini yaratish borasida ilmiy izlanishlar zarur. Rahbar funksiyalari mavzusini tadqiq etishni rivojlantirish borasida uni davlat granti mavzulariga kiritish lozim.
2.O’zbekiston va uni regionlari sharoitdan kelib chiqib boshqaruv samaradorligiga ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillar turkumlanishini ishlab chiqish kerak.
3.Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun avvalambor korxona ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning har bir birligidan tejamkorlilik bilan foydalanish yo’lga qo’yish lozim. Har bir birlik iqtisodiy resursdan chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga harakat qilish kerak. Masalan, xom ashyodan chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga erishish kerak. Natijada, resurslarni tejash orqali korxonaning foydasi ortadi va samaradorligi darajasi yuksaladi
4. Boshqaruv maqsadlarini to’g’ri shakllantirish va strategik maqsadlarga erishish yo’lidagi operativ maqsadlarni to’g’ri tuzish va har bir davrda bu operativ rejalarni bajarilishini ta‘minlash.
5. Korxonalardagi ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga tomon harakatni amalga oshirish. Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyani qo’llash hamda ularning har biridan iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’lida foydalanish. Korxonaga o’rnatiladigan har bir texnik va texnologik jixozning iqtisodiy samara berishiga erishish.
6. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish. Ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan oqilona foydalanish. Ishlab chiqarishni tashkil etishda uzluksizlik, tejamkorlilik, to’g’ri oqimlilik, mutanosiblik, unumdorlilik kabi tamoyillarni qo’llash.
7. Korxonalarda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. Boshqaruv faoliyatida boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullaridan foydalanish, rahbarning mas‘uliyatini va imtiyozlarini oshirish.


Yüklə 60,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin