Zamonaviy menejment boshqaruv usullari Reja


Menejmentda boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 60,26 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü60,26 Kb.
#201891
1   2
boshqaruv usullari

3.Menejmentda boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi.
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo boʻlgan. U mehnatni taqsimla-nishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajral-gan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, yaʼni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, yaʼni boshqariladiganlar boʻladilar.
Boshqaruv muammosini birinchi boʻlib hal qilishga qadimgi misrlik-lar kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar faoliyatini maqsadga yoʻnaltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlash-tirmaslik haqida masalani qoʻyganlar.
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qoʻshni Vavilonda podshoh Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik koʻrsatmalarini qoʻllagan, amaldor shaxslar tomonidan javob-garlikni oʻz tobelariga oʻtkazishga yoʻl koʻymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan belgilagan.
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga tijorat bitimlari haqidagi maʼlumotlar va qadimgi Shumeriya qonunlari yozilgan, bu ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi.
Boshqaruvga antik davrda ham maʼlum ulush qoʻshilgan, bizning eramizdan 400-yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qi-lishga undashnini, yaʼni motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi gʻoyani ilgari surgan. U yana boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham koʻrib chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir maromdaligini taʼminlash usullari bilan shugʻullanganlar. Platon ixtisoslashish tamoyilini shakllantirgan.
Eramizdan avvalgi 325-yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Qadimgi tashkilotlar maʼlum tuzilishga ega boʻlgan, unda boshqaruvchining darajalari ajratilgan. Yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud boʻlganlar, qirollar va generallar ularning rahbarlari boʻlganlar. Yana boshqaruvchilar, omborlarni saqlovchilari, mol haydovchilar, ishni nazorat qiluvchilar, xududlarning gubernatorlari va xazinachilar boʻlganlar, ular ushbu tashkilotlarning faoliyatini taʼminlashga yordam berganlar.
Yillar oʻtdi, koʻpgina tashkilotlarni boshqarish aniqroq va murakkabroq, tashkilotlarning oʻzlari esa – kuchliroq va barqarorroq boʻla boshlaganlar. Rim imperiyasi bunga misol boʻlib xizmat qiladi, u yuz yillar mavjud boʻlgan. Boshqaruvning aniq tuzilishi bilan ajralib turuvchi, generallar va ofitserlardan tashkil topgan diviziyalarga boʻlingan rim armiyasi legionlari yomon tashkil qilingan Yevropa mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlari orqali gʻalaba marshi bilan oʻtganlar. Bosib olingan xududlar Rimga boʻysunuvchi gubernatorlar boshqaruviga berilgan, Rim bilan aloqa oʻrnatish uchun yoʻllar qurilgan.
Zamonaviy boshqaruvning deyarli barcha shakllari xarakteri va tuzilishini bugungidan katta farq qiluvchi qadimgi tashkilotlarda koʻrish mumkin.
Quldorlik davrida ham boshqaruv elementlari mavjud boʻlgan, ammo mehnatga majbur qilishning asosiy vositalari sifatida toʻgʻridan toʻgʻri majbur qilish va jazo bilan qoʻrqitish usullari ustunlik qilganlar.
Keyinchalik, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan, bunday mehnat oʻziga uzviy ravishda xos boʻlgan samarasizligini koʻrsatgan. Uni burjua davrida vujudga kelgan yollanma mehnat tizimi almashtirgan. U mehnatni boshqarishda moddiy ragʻbatlar va iqtisodiy vositalarni qoʻllovchi majbur qilishning tubdan boshqa, vositali mexanizmidan foydalanishga asoslangan. 250-yil avval Gʻarbiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan savdo kapitalizmi butunlay boshqa asosga – pul kapitaliga ega boʻlgan. Mehnatga majbur qilishning toʻgʻridan toʻgʻri va qurol shakllari oʻrniga kapitalizmda oʻlchov qiymatlarini almashtirish asosida harakat qiluvchi va rasmiy shaxsiy mustaqillik va almashtiruvchi tomonlarning tengligini koʻzlovchi bozor mehanizmi shakllangan va undan hamma yerda foydalanilgan.
Boshqaruv amaliyoti qadimgi vaqtlardan XX asrga qadar rivojla- nayotgan boʻlsa ham, ehtimol, hech kim uni tizimli boshqarish haqida oʻylab koʻrmagan. Odamlarni asosan tashkilotlarni qanday boshqarish emas, balki qanday qilib koʻp pul ishlash, siyosiy hokimiyatni egallash shoʻbaiqtirgan.
XIX asrning boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen koʻp vaqtini tashkilot maqsadlariga boshqa odamlar yordamida erishish muammolariga bagʻishlagan. U ishchilarga durustroq uy-joy bergan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilagan, ularning mehnatlari natijalarini baholash tizimini ishlab chiqqan va koʻpgina toʻlovlar yoʻli bilan yaxshi ishni ragʻbatlantirgan. Bu islohotlar haqiqat va rahbar rolini insoniy idrok etishning mohiyatida noyob yorib oʻtish boʻlgan. Ammo, shunga qaramasdan, oʻsha davrning tadbirkorlari R.Ouenning islohotlarida sogʻlom fikrni kamroq koʻrganlar, ulardan hech biri uning misoliga ergashmagan, chunki ularda boshqaruvga shoʻbaiqish boʻlmagan.
Shuning munosabati bilan faqat XIX-XX asrlar oralarida menejment insoniy bilimlar, fanning mustaqil sohasiga aylangan.
Amerikali Jozef Varton 1881-yilda birinchi marta kollejlarda oʻqitish uchun menejment kursini ishlab chiqqan. Amerikalik muxandis F.Teylor 1911-yilda oʻzining “Ilmiy menejment tamoyillari” kitobini nashr qilgan, u umumiy shoʻbaiqishni keltirib chiqargan va unda birinchi marta boshqaruv fan va tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan oligan. Bu asarlar jamlangan tajribani ilmiy umumlashtirish va ilmiy boshqaruv asoslarini shakllantirishga harakat qilingan birinchi ishlar boʻlganlar. Ular ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish, katta sigʻimli bozorlar va qudratli korporatsiyalar va aksiyadorlar jamiyatlari shaklidagi yirik koʻlamli tashkilotlarni moʻljallash kabi oʻziga xos alomatlarni borgan sari kengroq qamrab olayotgan sanoat rivojlanishining ehtiyojiga javob boʻlganlar. Juda yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni ratsional tashkil qilish, barcha boʻlinmalar va xizmatlar, menejerlar va ijrochilarni ilmiy asoslangan tamoyillar, meʼyorlar va standartlarga muvofiq aniq va oʻzaro bogʻlangan holda ishlashlariga keskin zaruriyatni xis qilganlar. Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga shoʻbaiqishni dastlabki uygʻotuvchi asosiy kuch boʻlgan. Ammo boshqaruv tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga katta hissa qoʻshishi haqidagi gʻoya birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani boʻlagan Amerikada vujudga kelgan. XX asrning boshlarida, joʻshqin rivojlanish davrida, Qoʻshma Shtatlar amalda inson oʻzini kelib chiqishi, millati bilan bogʻliq qiyinchiliklarni yengib oʻtib, tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon qilishi mumkin boʻlgan yagona mamlakat boʻlgan. Millionlab yevropaliklar Amerikaga koʻchib oʻtganlar va shuning bilan u yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil qilganlar. Qoʻshma Shtatlar deyarli oʻzlarini vujudga kelganlaridan boshlab barcha istovchilar uchun taʼlim olish gʻoyasini jiddiy qoʻllab quvvatlaganlar, bu biznes va boshqaruvda har xil rollarni bajarishga aqlan qodir odamlar sonini oʻsishiga yordam bergan. Transkontinental temir yoʻllar Amerikani jahondagi eng yirik yagona bozorga aylantirgan. Oʻsha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish mavjud boʻlmagan, shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar monopolist (yakka hokim)larga aylanganlar. Natijada yirik sohalar va korxonalar tashkil qilingan, ularni boshqarish uchun bir shaklga keltirgan usullar talab qilingan.
Menejmentni paydo boʻlishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bogʻliq:

  • Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni oʻsishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning oʻsib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi;

  • Bozor subyektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini oʻsishi va bozor aloqalarini kuchayishi;

  • Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni oʻsishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;

  • Yirik korporatsiyalarni paydo boʻlishi va shunga koʻra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini koʻpayishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning oʻzini oʻzi boshqarishidan butunlay ajraladi;

  • Mulkni aksiyadorlar oʻrtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo boʻladi;

  • Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari;

  • Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi.

1.2. Menejmentning ilmiy maktablari



Boshqaruv fikri gʻoyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud boʻlib, ular baʼzida bir birlariga mos kelganlar, baʼzida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv obyektlari boʻlganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar koʻproq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bogʻliq boʻlganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv boʻyicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez oʻzgarishlarning maydoniga aylangan va koʻp mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan oʻz munosabatlarini borgan sari qatʼiyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga taʼsir koʻrsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan toʻrtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.
Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtayi nazardan yondashuv. U, oʻz navbatida boshqaruvni har bir nuqtayi nazardan koʻrib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, maʼmuriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur boʻlgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u oʻzining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning taʼlimi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi boʻlgan. Bu maktabning koʻzga koʻringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor oʻz nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor oʻz asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qoʻshish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini taʼminlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta shoʻbaiqish uygʻotgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi boʻyicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil oʻtkazishdan iborat boʻlgan. Ishlab chiqarish tizimida yoʻlga qoʻyilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim oʻzining vazifalari uchun javobgar boʻlishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini oʻsishi va xoʻjayinlar va maʼmuriyat bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi toʻliq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar oʻrtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb oʻylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:

  • maʼmuriyat hal qilishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilash;

  • subyetivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;

  • boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;

  • mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish;

  • faoliyatni qatʼian tartibga solish;

  • vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng toʻgʻri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni oʻqitish;

  • xoʻjalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;

  • ishlarni rejalashtirish;

  • xodimlarni ragʻbatlantirish.

Boshqaruvning klassik yoki maʼmuriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemes sotsiologi M.Veber eng katta ulush qoʻshganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy taʼriflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor boʻlgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat boʻlgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni boʻlinmalarga boʻlishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol boʻlib xizmat qilgan, unga koʻra odam faqat bitta boshliqdan boʻyruqlar olishi va fakat bitta unga boʻysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obroʻli vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik oʻz xodimlari haqidagi gʻamxoʻrlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni koʻpayishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni oʻz ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng koʻzga koʻringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga koʻra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qoʻllash asosida oʻzining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga koʻproq darajada yordam koʻrsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yoʻli bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni toʻgʻri qoʻllash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng koʻzga koʻringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari maʼlumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng koʻllashni koʻzga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni koʻllashga kuchli turtki boʻlgan boʻlsa kerak. Ular oʻsib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga koʻproq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq boʻladilar.
Yüklə 60,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin