3-bob. Texnik reglamentlar
15-modda. Texnik reglamentlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
umumiy texnik reglamentlar;
maxsus texnik reglamentlar.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar
(16-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir talablar quyidagilar bo‘yicha belgilanishi mumkin:
(16-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
biologik xavfsizlik;
mexanik xavfsizlik;
kimyoviy xavfsizlik;
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik;
yong‘in xavfsizligi;
elektr xavfsizligi;
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish xavfsizligi;
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi;
binolar, inshootlardan va ularga tutash hududdan foydalanish xavfsizligi;
ekologik xavfsizlik;
veterinariya xavfsizligi;
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi;
axborot xavfsizligi;
o‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnik reglamentlarda mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Dostları ilə paylaş: |