Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining
yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyaning
xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga,
akademik litseylarga, Prezident, ijod,
ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida o‘qishga qabul qilish chog‘ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va
(yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish
to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida
imtiyozli kontingent uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: