1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

32-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda
ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi:
ta’lim turi va shakli;
ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;
ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
ta’lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha xodimlar, ma’muriy-
boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:


umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan tashqari ta’lim
tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
tomonidan;
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘rta maxsus, professional va
oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun
— tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan tasdiqlanadi va
hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
33-modda. Ta’lim berish tili
Ta’lim tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston
Respublikasi 
Qonuni
 bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
6-moddasi
.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin