1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
29-modda. Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy
davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi
tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan
shug‘ullanishga haqli bundan ushbu Qonunning 
57 -moddasida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘quv-tarbiya va o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga
haqli.
Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
30-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
Davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari,
shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning
filiallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini,
shuningdek aholining oliy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat
hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa
bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs
maqomi bilan tashkil etiladi.
Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta’lim muassasalari
filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va
kurslari shaklida tashkil etiladi.
Davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:
respublika bo‘ysunuvida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tomonidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ysunuvida tegishincha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar bo‘ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
(30-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1


Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va
mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin