DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALAR QIMMATLI QOGʻOZLARI TAHLILI Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi korxonalarda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni oʻrganishning dolzarbligi, mohiyati va ahamiyati turli iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalari asosida yoritilgan. Davlat ishtirokidagi korxonalar qimmatli qogʻozlarini tahlil qilishda foydalanilgan tadqiqot usullariga toʻxtalib oʻtilgan. Davlat ishtirokidagi korxonalar qimmatli qogʻozlarini oʻrganishda davlatning korxonalar faoliyatiga ta’siri tadqiq qilingan boʻlib, xalqaro amaliyotda yirik kompaniyalarda davlat ishtiroki hududlar kesimida tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatimizda davlat ishtirokidagi korxonalarning qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalari tijorat banklari misolida oʻrganilgan. Davlat ishtirokidagi korxonalarning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalari boʻyicha ilmiy xulosalar berilgan.
Tayanch soʻzlar: davlat ishtirokidagi korxonalar, xususiy korxonalar, qimmatli qogʻozlar, aksiya, obligatsiya.
PhD Kh.Akhmedov, N.Xudayberdiyev Tashkent Institute of Finance
ANALYSIS OF STATE-OWNED ENTERPRISES SECURITIES This article discusses the relevance, importance and significance of the study of securities transactions in state-owned enterprises based on the views of various scientists. The research methods used in the analysis of securities of state-owned enterprises are given. The impact of the state on the activities of enterprises is analyzed in the study of the securities of state-owned enterprises and the state participation in large companies is investigated by regions on the basis of international practice. Furthermore, the operations of state-owned enterprises with securities in our country are studied on the example of commercial banks. Scientific conclusions are given on the operations of state-owned enterprises related to securities.