2-jadval
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar koʻrsatkichlari [8]
№
|
Chiqariluv hajmi, (mln.soʻm)
|
Nominal qiymati, (soʻm)
|
Roʻyxatdan oʻtgan sana
|
Foiz ustamasi
|
Muomala muddati
|
1
|
4 000 UZS
|
100 000 UZS
|
29.03.2010
|
11%
|
2184 kun
|
2
|
6 000 UZS
|
100 000 UZS
|
29.03.2010
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi
|
3640 kun
|
3
|
28 000 UZS
|
100 000 UZS
|
29.12.2010
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi
|
3640 kun
|
4
|
10 000 UZS
|
100 000 UZS
|
10.08.2012
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi - 1
|
3640 kun
|
5
|
10 000 UZS
|
1 000 000 UZS
|
11.02.2014
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi - 1
|
1820 kun
|
6
|
50 000 UZS
|
1 000 000 UZS
|
19.11.2019
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi + 2
|
1092 kun
|
7
|
50 000 UZS
|
1 000 000 UZS
|
19.11.2019
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi + 3
|
1820 kun
|
8
|
50 000 UZS
|
1 000 000 UZS
|
19.11.2019
|
OʻzR MB qayta moliyalash stavkasi + 4
|
2548 kun
|
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amalga oshirilgan obligatsiyalar emissiyasiga e’tibor qaratadigan boʻlsak, 2010-yildan soʻng bir necha bor mahalliy obligatsiyalar emissiya qilinganligini koʻrishimiz mumkin (2-jadval). Ushbu obligatsiyalar foiz toʻlovlari, asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki qayta moliyalash stavkasiga nisbatan belgilangan.
3-jadval
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan joylashtirilgan yevroobligatsiyalar koʻrsatkichlari [8]
№
|
Hajmi, (mln. AQSh dollari)
|
Nominal qiymati (ming AQSh dollari)
|
Chiqarilgan obligatsiyalarning umumiy soni
|
Joylashtirilgan sana
|
Toʻlov sanasi
|
1
|
300
|
200
|
1 500
|
02.12.2019
|
02.12.2024
|
2019-yilga kelib “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan xalqaro moliya bozoridan kapital jalb qilish boʻyicha moliyaviy operatsiya amalga oshirildi. Xususan, 2019-yil 2-dekabrda Oʻzbekistonda ilk bor “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korporativ yevroobligatsiyalar joylashtirildi. Ushbu yevroobligatsiyalarni “London” fond birjasiga joylashtirish orqali 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi kapital 5 yil muddatga jalb qilindi (3-jadval).
Keyinchalik boshqa banklar tomonidan ham korporativ yevroobligatsiyalar joylashtirish amaliyotlari oʻtkazildi. Xususan, 2020-yilga kelib “Ipoteka bank” ATIB tomonidan ham “London” fond birjasiga korporativ yevroobligatsiyalar joylashtirilganligini ta’kidlab oʻtishimiz lozim (4-jadval).
4-jadval
“Ipoteka bank” ATIB tomonidan amalga oshirilgan birinchi yevroobligatsiyalari emissiyasi tahlili [9]
Qimmatli qogʻozlarning xalqaro identifikatsiya raqami (ISIN)
|
XS2260457754
|
Emissiya reytingi
|
S&P: BB- va Fitch: BB-
|
Emissiya darajasi
|
Kafolatlanmagan
|
Format
|
Reg S
|
Valyuta
|
AQSh dollari
|
Emissiya miqdori
|
300 mln. AQSh dollari
|
Narxi
|
100.0 (par)
|
Kupon
|
Yillik 5,5 %, har yarim yilda – 19 may va 19 noyabr kunlari teng taqsimot bilan toʻlanadi. Birinchi toʻlov sanasi – 19 may 2021 y.
|
Narxlash sanasi
|
12 noyabr 2020 y.
|
Hisob-kitob sanasi
|
19 noyabr 2020 y.
|
Soʻndirilish muddati
|
5 yil, 19 noyabr 2025 y.
|
Asosiy qarzni qaytarish
|
Muddat oxirida bir martalik toʻlov
|
Listing
|
London Fond birjasi, tartibga solinadigan bozor
|
Qonunchilik
|
Ingliz qonunchiligi
|
Denominatsiya
|
200 000 AQSh doll. x 1 000 AQSh doll.
|
4-jadval ma’lumotlariga e’tbor qaratadigan boʻlsak, “Ipoteka bank” ATIB ham 300 mln. AQSh dollari miqdorida 5 yil muddatga kapital jalb qilgan. Yevroobligatsiyalar foiz toʻlovlari yillik 5,5% boʻlib, har yarim yilda toʻlov amalga oshirilishi belgilangan.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqarilgan aksiyalar va ular boʻyicha toʻlangan dividendlar tahliliga e’tibor qaratadigan boʻlsak, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aksiyasining nominal qiymati 19 soʻmni tashkil qiladi. Bugungi kunda bankning ustav kapitali 4,634 trln. soʻmdan ortiqni, joylashtirilgan aksiyalar soni 243,551 mlrd. donadan ortiqni tashkil etadi. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan toʻlangan dividendlarni tahlil qilish orqali aksiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni tahlil qilishimiz mumkin.
5-jadval
2016-2019-yillar natijalari boʻyicha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning
dividend toʻlovlari [8]
Aksiya turlari
|
2016-yil yakunlari boʻyicha
|
2017-yil yakunlari boʻyicha
|
2018-yil yakunlari boʻyicha
|
2019-yil yakunlari boʻyicha
|
Oddiy aksiyalar uchun:
|
3,13%
|
2%
|
3,30%
|
~7,632% (1,45 soʻm)
|
Toʻlash uchun hisoblangan dividendlar miqdori (mln.soʻm)
|
21 656,57
|
28 896,27
|
71 350,16
|
353 686,59
|
Imtiyozli aksiyalar uchun:
|
23%
|
23%
|
23%
|
23%
|
Toʻlash uchun hisoblangan dividendlar miqdori (mln.soʻm)
|
1 555,72
|
1 616,90
|
1 616,90
|
1 616,90
|
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan har bir dona oddiy aksiya uchun 2-7,632% oraligʻida, imtiyozli aksiyalar uchun oʻzgarmas 23%dan dividend toʻlangan (5-jadval).
6-jadval
“Ipoteka bank” ATIB tomonidan toʻlangan dividendlar tahlili [9]
Toʻlangan yil
|
Yil natijalari boʻyicha
|
Oddiy aksiyalar (1 dona aksiyaga soʻmda)
|
Imtiyozli aksiyalar (1 dona aksiyaga soʻmda)
|
Aksiya nominal qiymati (soʻm)
|
Pul koʻrinishida
|
Kapitalizatsiya koʻrinishida
|
Pul koʻrinishida
|
Kapitalizatsiya koʻrinishida
|
2006
|
2005
|
200,00
|
-
|
400,00
|
-
|
1 000,00
|
2007
|
2006
|
-
|
-
|
400,00
|
-
|
1 000,00
|
2008
|
2007
|
130,00
|
-
|
400,00
|
-
|
1 000,00
|
2009
|
2008
|
150,00
|
-
|
400,00
|
-
|
1 000,00
|
2010
|
2009
|
150,00
|
-
|
250,00
|
-
|
1 000,00
|
2011
|
2010
|
40,00
|
360,00
|
250,00
|
360,00
|
1 000,00
|
2012
|
2011
|
68,00
|
340,00
|
317,50
|
340,00
|
1 360,00
|
2013
|
2012
|
85,00
|
450,00
|
403,75
|
450,00
|
1 700,00
|
2014
|
2013
|
-
|
672,00
|
509,40
|
672,00
|
2 150,00
|
2015
|
2014
|
-
|
756,00
|
705,50
|
756,00
|
2 822,00
|
2016
|
2015
|
54,00
|
448
|
894,50
|
448
|
3 578,00
|
2017
|
2016
|
0,08
|
-
|
0,25
|
-
|
1,00
|
2018
|
2017
|
0,06
|
-
|
0,25
|
-
|
1,00
|
2019
|
2018
|
0,08
|
-
|
0,25
|
-
|
1,00
|
2020
|
2019
|
-
|
-
|
0,25
|
-
|
1,00
|
“Ipoteka bank” ATIBning aksiyalari boʻyicha dividend toʻlovlariga e’tibor qaratadigan boʻlsak, 2016-yildan soʻng aksiyalar narxi 3578 soʻmdan 1 soʻmga pasaytirilgan va oddiy aksiyalar boʻyicha dividend 8%ni, imtiyozli aksiyalar boʻyicha 25%ni tashkil etgan (6-jadval).
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Ipoteka bank” ATIB tomonidan dividend toʻlovlarini tahlil qilish orqali aytishimiz mumkinki, har bir dona oddiy aksiya uchun dividendlar imtiyozli aksiyalarnikidan keskin past toʻlangan.
Xulosa va takliflar
Davlat ishtirokidagi korxonalarda qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻrganish orqali quyidagi ilmiy xulosalarni berishimiz mumkin:
Davlat korxonalari deganda bevosita yoki bilvosita davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar tushuniladi. Xususiy korxonalar va davlat korxonalari oʻrtasidagi samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni bartaraf etish uchun bevosita va bilvosita davlatga tegishli boʻlgan korxonalar aksiyalarini xususiylashtirish maqsadga muvofiq. Davlat ishtirokidagi korxonalardagi samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilish va ularni rivojlantirish qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatning korxonalarga egalik qilishi kompaniyaning faoliyatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin, chunki davlatga tegishli kompaniyalar aksiyadorlar uchun foyda olishdan tashqari boshqa tomonning manfaatlari ta'sirida qolib ketishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya va boshqalar) davlat kompaniyalari juda kam va aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti kompaniyalarga oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshirish imkonini beradi. Xitoy va Rossiya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda esa yirik davlat korxonalari koʻpligi iqtisodiyot uchun risk hisoblanadi, chunki davlat ushbu kompaniyalarga davlat manfaatlarini boshqa aksiyadorlarning manfaatlaridan ustun qoʻyish uchun bosim oʻtkazishi mumkin.
Davlat oʻzi ishtirokidagi korxonalar qimmatli qogʻozlari bilan bogʻliq operatsiyalarda ba’zi jihatlarga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Xususan, korxonaning (“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Ipoteka bank” ATIB kabi) aksiyalar boʻyicha dividend toʻlash boʻyicha qarorlarini qabul qilish, IPO va SPO amaliyotlarini tashkil qilish, korporativ obligatsiyalar orqali kapital jalb qilish va bu orqali biznesni kengaytirish kabilar shular jumlasidandir.
Dunyodagi eng yirik kompaniyalar tarkibi tahlil qilinsa, ushbu kompaniyalar tarkibida ham davlat ishtirokidagi kompaniyalar mavjud ekanligini qayd etishimiz mumkin. Bundan koʻrinib turibdiki, jahon amaliyotida ham bu masala juda dolzarb, shu sababli rivojlangan mamlakatlardagi yirik kompaniyalar tajribasi asosida mahalliy korxonalarda qimmatli qogʻozlar operatsiyalari bilan bogʻliq operatsiyalar samaradorligini oshirishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Alexander Abramov, Alexander Radygin, Maria Chernova. State-owned enterprises in the Russian market: Ownership structure and their role in the economy. // Russian Journal of Economics, Volume 3, Issue 1, March 2017, Pages 1-23; Katarzyna Szarzec, Ákos Dombi, Piotr Matuszak. State-owned enterprises and economic growth: Evidence from the post-Lehman period. // Economic Modelling, Volume 99, June 2021. –P.20;
Jeremy Schwarts. Emerging Markets and State-Owned Enterprises. // WisdomTree Research, Decemeber 2014. –P. 12;
Daniel Sotiroff. Be Wary of State-Owned Enterprises. // MORNINGSTAR, October 9, 2019.
Minkang Gu, Robert C. Art. Securitization of State Ownership: Chinese Securities Law. // Michigan Journal of International Law, Volume 18, Isue 1, 1996. – P.128;
S.E.Elmirzayev. Zamonaviy korporativ boshqaruv. Darslik. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2019. – 416 b.
https://www.oecd-ilibrary.org/sites/5ad33666-en/index.html?itemId=/content/component/5ad33666-en
https://sqb.uz/uz/for-investors/debt-instruments-uz/
https://ipotekabank.uz/uzb/investors/debt-securities/
Dostları ilə paylaş: |