Tadqiqot metodologiyasi Davlat ishtirokidagi korxonalarning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarini oʻrganish va tahlil qilishda qiyoslash, induksiya, deduksiya, analiz, sintez kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida korporativ tuzilmalarda davlat ishtiroki turlicha ekanligini koʻrishimiz mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ulush kichik koʻrsatkichlarni qayd etsa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi kompaniyalarda bu ulush yuqori ekanligini kuzatishimiz mumkin. Dunyodagi eng yirik kompaniyalar tarkibi tahlil qilinsa, ushbu kompaniyalar tarkibida ham davlat ishtirokidagi kompaniyalar mavjud ekanligini qayd etishimiz lozim (1-jadval).
1-jadval Dunyoning eng yirik 500 kompaniyalari orasidagi davlat ishtirokidagi kompaniyalarning hududlar boʻyicha tahlili [7]
Xususan, 2019-yil ma’lumotlari asosida dunyodagi eng yirik 500 kompaniya tarkibini tahlil qilish orqali ta’kidlashimiz lozimki, ushbu kompaniyalar orasida jami 132 kompaniyalarda davlat ishtiroki mavjud boʻlib, hududlar kesimida Osiyoda 100, Yevropada 20 va boshqa hududlarda 12 kompaniyani qamrab oladi.
Moliyaviy barqarorlik jihatdan mamlakatda korporativ tuzilmalardagi xususiy sektor va davlat ulushlari oʻrtasida muvozanatni topish masalasi davlat korxonalar egasi boʻlgan sharoitda yanada murakkablashadi. Iqtisodiy Taraqqiyot va Hamkorlik Tashkiloti (OECD) hisob-kitoblariga koʻra dunyodagi eng yirik kompaniyalarning toʻrtdan bir qismi toʻliq yoki asosiy qismi davlatga tegishli kompaniyalardan tashkil topgan. 2019-yil natijalariga koʻra dunyoda listingdan oʻtgan kompaniyalar orasida davlat sektori ulushi global bozor kapitallashuvining 14 foizini tashkil etdi. Bir qator rivojlanayotgan va oʻtish davridan keyingi iqtisodiyotlarda davlat sektorining ulushi bundan ham yuqori deb baholanadi [7].
Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari orasida tijorat banklari bugungi kunda qimmatli qogʻozlar bozorida nisbatan faol ekanligini inobatga olgan holda tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarini tahlil qilamiz.