1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

54-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-
onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
.
55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni
(shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash


Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning)
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va
ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan
shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari faoliyati to‘g‘risida” 
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin