Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning)
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun davlat ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va
ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan tibbiy-psixologik-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli “Imkoniyatlari cheklangan
shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari faoliyati to‘g‘risida”
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-
huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: