1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim
inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari
asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash
natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va
ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish
jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga
ega hujjat sifatida tan olinadi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan
amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda ilmiy
daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom
.
61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining
haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash
maqsadida qo‘yiladi.
Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin