Nodavlat ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish muassislarning, kadrlar buyurtmachilarining
pul va moddiy mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
amalga oshiriladi.
(62-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ta’lim muassasalari ustavida belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari va
boshqa xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pulli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish davlat ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatiga to‘sqinlik
qilmasligi kerak.
Davlat ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatganlik uchun haq undirish
tartibi ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat ta’lim muassasalari pulli ta’lim xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish hamda
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hisobidan olingan pul mablag‘larini mustaqil ravishda
tasarruf etishga haqli.
Ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari quyidagilardan iborat:
shartnomalar asosida, shu jumladan chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilgan
shartnomalar asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hisobidan tushgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va
qonunda taqiqlanmagan boshqa ishlarni bajarish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotni, bajarilgan ishlarni va ko‘rsatilgan
xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni ijaraga berish hisobidan tushgan mablag‘lar;
ta’lim tashkilotlarining bo‘sh turgan pul mablag‘larini bank muassasalariga depozitlarga
joylashtirish hisobidan olingan pul mablag‘lari (foizlar);
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
bank kreditlari va ssudalari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari.
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limda va boshlang‘ich professional ta’limda
ajratiladigan mablag‘lar summalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi
hamda ushbu mablag‘lar tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarning o‘qish joyidagi ta’lim
tashkilotlariga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: