1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

6-bob. Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va
majburiyatlari
47-modda. Ta’lim oluvchilarning huquqlari
Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:
bepul asosda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish;
yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilinish;
ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;
ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda
zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;
davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy
ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning
mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va
sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan
himoyalanish;


ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim
tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga
ko‘chirish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy,
sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va
innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish
taqiqlanadi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin