1/27/23, 9:45 PM
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4725554#-4727760
1/9
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.01.2020 yildagi 59-son
Кучга кириш санаси
01.02.2020
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIGA TO‘LANADIGAN STIPENDIYALAR
MIQDORLARINI BELGILASH HAMDA STIPENDIYALAR TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBINI
TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston
Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi
parametrlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son
qarori
ijrosini ta’minlash,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini
yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi
tomonidan tajriba-sinov tariqasida oliy ta’lim muassasalarida davlat granti va stipendiyali
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga (davlat granti asosida ta’lim
olayotgan
bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) stipendiyalar bazaviy miqdorda (400 ming so‘m),
shuningdek, “a’lo” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan talabalarga stipendiyalar bazaviy
stipendiya miqdoriga nisbatan qo‘shimcha 15 foiz miqdorda to‘langanligi;
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olish uchun talabalarga ularning o‘z xohishlariga ko‘ra,
kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash tartibi joriy etilganligi, bunda
stipendiyali to‘lov-kontraktlar tarkibida bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi nazarda
tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash bo‘yicha
2019/2020 o‘quv yilining birinchi semestrida tajriba-sinov tariqasida amalga oshirilgan ishlar
natijasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Moliya
vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning 2020-yil 1-
fevraldan boshlab quyidagilarni joriy qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning
ishlab
chiqarishdan ajralgan holdagi shakli (o‘qitishning kunduzgi shakli) bo‘yicha ta’lim olayotgan
talabalarni (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs
talabalari bundan mustasno) qat’iy belgilangan miqdordagi
bazaviy stipendiya bilan
ta’minlash;
o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan faqat “a’lo” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting
ko‘rsatkichi — 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalarning stipendiyasini bazaviy
stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshirilgan holda belgilash;
o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foiz va
undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan
davlat
granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim
olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida
stipendiya tayinlamaslik;
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda to‘liq
davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika
budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirish;
tegishli moliya yilida oliy ta’lim muassasalarida stipendiya to‘lovlari uchun
rejalashtirilgan budjet mablag‘lariga nisbatan 10 foiz hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha
rejalashtirilgan tushumlarning 2 foiz miqdoridagi mablag‘lar
hisobiga Talabalarni
rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etish;
alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek,
ijtimoiy
himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarni
belgilangan stipendiyalarga nisbatan Jamg‘arma hisobiga qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha
miqdorda rag‘batlantirish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasida davlat granti va to‘lov-kontrakt
asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida
o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy ta’lim
muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi
yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha
miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovini joriy etish.
Қўшимча ахборот
Улашиш