1/27/23, 9:45 PM
59-сон 31.01.2020. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4725554#-4727760
3/9
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalariga (xorijiy
talabalardan
tashqari) stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari,
ularning filiallari va xususiy oliy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
stipendiya — oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning ishlab
chiqarishdan ajralgan holda
(keyingi o‘rinlarda o‘qitishning kunduzgi shakli deb ataladi) davlat granti hamda stipendiyali
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga (xorijiy talabalardan tashqari) qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar oyma-oy to‘lanadigan pul
ta’minoti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
stipendiyaning bazaviy miqdori — davlat granti hamda stipendiyali to‘lov-kontrakt
asosida ta’lim olayotgan talabalarga to‘lanadigan stipendiyaning
qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda o‘rnatiladigan eng kam miqdori;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y.,
09/22/153/0266-son)
stipendiya komissiyasi — oliy ta’lim muassasalarida talabalarga
stipendiyalar tayinlash
uchun har bir o‘quv yilida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (filial direktori o‘rinbosari) raisligida,
fakultetlarning dekanlari (bakalavriat darajasida fakultet dekanati mavjud bo‘lmagan oliy
ta’lim muassasalarida — o‘quv-uslubiy bo‘lim yoki boshqarma boshlig‘i), kasaba uyushmasi va
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti,
akademik guruhlar, buxgalteriya
vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan hamda oliy ta’lim muassasasining rektori (filial
direktori) yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;
o‘zlashtirish (reyting nazorati) ko‘rsatkichi — oliy ta’lim muassasasida bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) o‘quv rejalari asosida o‘tilgan
fanlar
(mashg‘ulotlar) bo‘yicha talabalar bilim va mahoratining sinovi natijalari;
o‘zlashtirayotgan talaba — bundan avvalgi o‘quv semestri uchun o‘zlashtirish (reyting
nazorati) ko‘rsatkichlari bo‘yicha akademik qarzi mavjud bo‘lmagan talaba;
Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi — oliy ta’lim muassasalarida o‘quv semestri
yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan,
jamoat
ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni
tashkil etish jamg‘armasi.
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, alohida
qobiliyat va iqtidorga egaligi, jamoat ishlarida faolligi,
shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi kabi mezonlardan
kelib chiqib stipendiya
komissiyasi xulosasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning
belgilangan miqdorlari asosida stipendiya tayinlanadi va boshqa rag‘batlantirish
choralari
ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: