“Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” faniga kirish. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlashda islohatlar.
Ma’ruza mavzusi. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish fani – aholisalomatligiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik va ijtimoiy - iqtisodiy omillarnita'sirini o’rganadi. Zamonaviy tushunchaga ko’ra, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish - bu jamiyat salomatligi bo’lib, u tibbiyotdagi va sog’liqni saqlash tizimidagi ijtimoiy muammolar haqidagi fandir. Jamoat salomatligi fani aholi salomatligi holatini va uni dinamikada o’zgarishini, ular salomatligiga ta'sir etuvchi omillarni o’rganadi va aholini sog’lomlashtirish yo’llarini ishlab chiqadi. Jamoat salomatligi - aholi salomatligini mustahkamlashga, kasallanishni va o’limni kamaytirishga, mehnat qobiliyatini va qarilikni saqlab qolishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi. Klinik tibbiy dissiplinadan farqli ravishda jamoat salomatligi aholi salomatligini alohida shaxsiy guruhlarda emas, balki kollektivda, aholi ijtimoiy guruhlarida, jamiyat salomatligining bir butunligida ular salomatligiga ta'sir etuvchi turmush sharoiti omillari, ijtimoiy gigiyenik, biologik, iqtisodiy va boshqa omillar bilan bog’lab o’rganadi. Bu omillarning har biri aholi jamoasiga turlicha ta'sir etadi. Amaliyotda aholi salomatlik holatiga omillarning har biri alohida ta'sir qilishi kam uchraydi, ular asosan bir necha omillar birgalikda ta'sir ko’rsatadi. Sotsial gigiyenistlarning asosiy vazifasi - ana shunday ta'sir etayotganomillarni o’rganish va uni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqishdir.Buning uchun biz avvalambor, "Salomatlik" tushunchasi bilan tanishib chiqishimizdarkor. Adabiyotlardan olingan ma'lumotlarga ko’ra "Salomatlik" quyidagicha tavsiflanadi: 1) salomatlik - bu kasallikni yo’qligi, 2) salomatlik - bu me'yor. 3) salomatlik - bu morfologik, ruhiy-emotsional va ijtimoiy-iqtisodiy omillarnibir butunliligidir. Hozirgi kunda Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (VOZ - JSST) taklif etishicha, salomatlik - bu faqatgina kasallikni va fizikaviy nuqsonlarning yo’qligi emas, balki bu fiziologik, ijtimoiy asoratsiz holatdir. JSST hujjatlarda bir nechamarotaba aholi salomatligi bu ijtimoiy sifat deb ko’rsatilgan. Jamoat salomatligi va6sog’liqni saqlashni tashkil qilish - mustaqil tibbiy fan sifatida aholi salomatligigata'sir etuvchi ijtimoiy sharoit va tashqi muhit omillar ta'sirini o’rganadi hamdasalomatlikni mustahkamlash uchun profilaktik tadbirlar ishlab chiqadi va tibbiyxizmatni yuksaltiradi. Jamoat salomatligini o’rganishda turli tibbiy, ijtimoiy,iqtisodiy, boshqaruv, falsafiy muammolar keng davrasiga duch kelinadi. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish o’zining uslublari va tekshirish usullariga ega. Bular: tarixiy, statistik, iqtisodiy, eksperimental,xronometrik, so’rov, intervyu va boshqalardir. Jamoat salomatligi aholi salomatligini muhofaza qilish va uni mustahkamlash, aholiga tibbiy xizmatni tashkillashtirish yo’llarini o’rganadi, ya'ni jamoa iqtisodiy muammolari va jarayonlari bilan to’qnashadi va "o’rtada" - tibbiyot va jamiyat intizomlari orasida "ko’prik" bo’lib xizmat qiladi. N.A.Semashko aytishicha, "Ijtimoiy gigiyenaning (jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish avval shunday deb nomlanib kelgan) asosiy vazifasi shundan iboratki, bu aholi salomatligiga ta'sir etuvchi ijtimoiy muhitni chuqur o’rganish va muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish uchun sifatli tadbirlar ishlab chiqish", va shunga asosan - ijtimoiy gigiyena (jamoat salomatligi) va sog’liqni saqlashni tashkil qilishning vazifasi, aholi salomatligiga ijobiy ta'sir etuvchi omillarni ishlab chiqish, jamoa resurslari va imkoniyatlarini maksimal darajada ishlatishdir. Buning natijasida jamoa salomatlik darajasini ko’tarish borasida aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillar va ijtimoiy sharoitni salbiy ta'sirini bartaraf etish va ogohlantirish tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy asoslangan qo’llanmalar tayyorlash kerak. Tibbiyotni chuqur o’rganish uchun turli kasalliklarni kelib chiqish asosini, ularni tarqalish darajasi va uni oldini olish tadbirlarini qo’llashni hamda davolash ishlari bo’yicha ilmga ega bo’lish zarur, bu esa bo’lajak tibbiy xodimlarni tibbiy muassasalarning maxsus kafedralarida yoki kurslarida nazariya va amaliyotlar asosida o’qish jarayonlarida amalga oshiriladi. Jamoat salomatligining nazariy holatini amaliyotda - sog’liqni saqlashni tashkillashtirish belgilaydi.