Jamoat salomatligi va sog‘liqni


Sog’liqni saqlashni tashkil qilish



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə2/7
tarix09.09.2023
ölçüsü33,91 Kb.
#142334
1   2   3   4   5   6   7
1 maruza

Sog’liqni saqlashni tashkil qilish - sog’liqni saqlashni boshqarishning ilmiy asoslangan optimal usullarini, turli tibbiy muassasalar ish faoliyatining yangi forma va uslublarini, tibbiy xizmat sifatini yaxshilashni, iqtisodiy va boshqaruvdagi muammolarni hal qilish yo’llarini ishlab chiqadi va jamoat salomatligining uzluksiz bir bo’lagi hisoblanadi. Shunday qilib, jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish - bu jamiyat salomatligi qonuniyatlari haqidagi fan bo’lib, uning asosiy yo’llanmasi bu aholi salomatligi holatini ilmiy asoslab berish, jamoat salomatlik holatini darajasini ko’tarish va ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida sog’liqni saqlash tizimini samarali boshqaruvini tashkillashtirishdir. Jamoat salomatligi, boshqa fanlar singari, o’z rivojlanish tarixini bilishi, tarixiy yondoshuvlar va tadqiqotlarga tayanishi, ularni hozirgi zamon va kelajak ko’rsatkichlari bilan taqqoslay olishni bilishi kerak. 7 Ma'lumki, har bir tarixiy davr o’z xususiyatlari bilan oldingi davrlardan farqlanadi, ya'ni aholi turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, aholi salomatligiga ta'sir etuvchi jamiyat aloqalari va kuchlarining o’zgarib turishi va h.k.. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkil qilish mohiyatini chuqur egallash uchun, avvalambor, fanning rivojlanish tarixini bilish kerak. Ko’plab davlatlarda sog’liqni saqlash tizimining aralash va turli tashkiliy shakllari mavjud va ular rivojlanib kelmoqda. Bunday holat hozirgi vaqtda O’zbekiston uchun ham xarakterlidir. Sog’likni saqlash rivojlanishi bilan, davlat tizimidagi turli tibbiy tarmoqlari paydo bo’la boshladi.
1. davolash -profilaktika muassasalari;
2. onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari;
3. sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari;
4. tibbiyot ta'limi va ilmiy-tadqiqot muassasalari;
5. dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalari;
6. sanatoriya va dam olish muassasalari;
7.patologik-anatomiya, sud-tibbiyot, sud-psixiatriya ekspertiza muassasalari;
8. tibbiy sug’urta tizimi tashkil etilgan joylarda majburiy tibbiy sug’urta tashkilot va muassasalari.
O’zbekistonda bu tizim ishlab chiqish bosqichida.


1991 yildan boshlab mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatida o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bu o’zgarishlar o’z navbatida Sog’liqni saqlash tizimiga ham ta'sir qilmoqda va unda tubdan islohotlar olib borish zaruriyatini tug’dirmoqda. Sobiq sovet davrida O’zbekistonning Sog’liqni saqlash tizimi juda ko’p sog’liqni saqlash muassasalari va shifo o’rinlariga ega edi. Bu esa o’z navbatida tibbiy-sanitariya yordamini barchaga barobarligini ta'minlab bergan, lekin ko’rsatilayotgan yordam sifati juda past bo’lgan, mavjud imkoniyatlardan esa to’liq foydalanilmagan. Sog’liqni saqlash tizimi asosan shifoxona sharoitida ko’rsatilayotgan yordamga qaratilgan bo’lib, har yili 25% aholi shifoxona sharoitida tibbiy yordam olishga muvoffiq bo’la olardi. Birlamchi tibbiy muassasalar aholining tibbiy yordamga bo’lgan muhtojini to’liq qondira olishiga qaramasdan ulardan to’liq foydalanilmadi. Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar davrida O’zbekistonda tibbiy yordamni ommaviyligini va sifatini saqlab qolishda 1991-1995 yillar sog’liqni saqlashni yangi tizimini tuzishda asos bo’lib qoldi. O’zbekistonda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishdan asosiy maqsad respublika aholisiga tibbiy yordam ommaviyligini ta'minlay oladigan va yuqori sifatdagi tibbiy-sanitariya yordamini ko’rsata oladigan kuchli sog’liqni saqlash tizimini tuzishdan iboratdir. 1991 yilda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan hukumatning faol aralashuvi yordamida O’zbekistonni o’ziga xos spetsifik, demografik, tarixiy, ma'naviy va boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va 1992 yilda tasdiqlangan. Sog’liqni saqlashni tizimini isloh qilish konsepsiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iboratdir: barcha turdagi sog’liqni saqlash muassasalarining tuzilishi va tarmoqlarini qayta ko’rib chiqish, isloh qilishni gorizontal va vertikal bo’yicha olib borish; 17- tug’ish yoshidagi ayollarni sog’lomlashtirish bilan birgalikda ona va bola sog’lig’ini muhofaza qilish, qonunchilik va din tashkilotlari bilan birgalikda ona va bola sog’lig’ini saqlash borasida idoralararo dastur tuzish; sog’liqni saqlash tizimini mablag’ bilan ta'minlashni qayta ko’rib chiqish va bir shifo o’rnini mablag’ bilan ta'minlashdan bir aholi sonini mablag’ bilan ta'minlashga o’tish; sog’liqni saqlashning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan sog’liqni saqlashni profilaktik yo’nalish prinsipini mustahkamlash va bu borada ambulatoriyapoliklinikalar yordami, tibbiy yordam ko’rsatishning yangi turlarini (kunduzgi statsionarlar, uy statsionarlari, ambulatoriya-jarrohlik markazlari, ambulatoriya davolashning ixtisoslashgan kompleks, mahalla tibbiy yordam punktlari va h.k.) keng qo’llash. - davolash-profilaktik muassasalar, shifo o’rinlarini qayta ko’rib chiqish, ularni qisqartirish va ixtisoslashtirish tadbirlarini o’tkazish; - hozirgi zamon sharoitida yuqori malakali yordam ko’rsata oladigan shifokorlar va o’rta tibbiy xodimlarini tayyorlash borasida tibbiy ma'orifni isloh qilish; - milliy farmatsevtik va tibbiy industriyani tuzishda qo’shma korxonalar tashkil qilish va tibbiy texnikani katta sanoat korxonalari bazasida ishlab chiqish orqali respublikada dori-darmon va tibbiy texnikaga bo’lgan ehtiyojini qondirish; - sil, o’sma kasalliklar, virusli gepatit, OITS, giyohvandlik va jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni oldini olish maqsadida dastur ishlab chiqish va sog’liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish; - sog’liqni saqlash muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va qisman xususiylashtirish prinsiplarini ishlab chiqish. O’zbekistonda sog’liqni saqlashni isloh qilish va sog’liqni saqlash modelini ishlab chiqish o’z navbatida faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o’rganibgina qolmay, balki demografik jarayonlarni o’rganishni ham talab etmoqda. Sog’liqni saqlashning asosiy vazifalarini ajratib olish va jamoa salomatligini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy bosqichlari belgilab olindi. O’zbekistonda Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning o’ziga xos xususiyati: gorizontal yo’nalishda Sog’liqni saqlash tizimi faoliyatini o’zgartirishga yo’naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishdadir. Shu davrda milliy dasturlar ishlab chiqish va tadbiq etish vazifalari olib borilgan, jumladan, ona va bola salomatligini muhofazalash, aholiga yuqumli kasalliklar, sil, o’sma va jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni oldini olish borasida tibbiy yordamni tashkil etish, tibbiy ilm va tibbiy kadrlar malakasini oshirish, sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta'minlash va iqtisodiy islohotlarni olib borish, davolash-profilaktika muassasalarni dori-darmon bilan ta'minlash va boshqalar. O’zbekiston aholi ko’payish darajasi yuqori mamlakatlar tarkibiga kiradi. Shuning uchun sog’liqni saqlash imkoniyatlari cheklangan va tibbiy yordamga bo’lgan ehtiyoji uning mavjudligiga nisbatan ko’p bo’lgan bir paytda bu imkoniyatlardan optimal foydalanish demografik jarayon va uning o’zgarishiga bog’liq bo’lib qolgandi. O’zbekistonda aholini sog’lig’ini mustahkamlash davlat tomonidan tashkilqilingan. Barcha aholiga ko’rsa tiladigan tibbiy xizmatlar davlat qonuniyatlari tomonidan moliyaviy va ma'muriy qo’llab-quvvatlanib kelgan. Sog’liqni saqlashni isloh qilishning boshlang’ich davrida (1992-1998yy) o’sha payt uchun yangi va zarur bo’lgan asosiy vazifalar ishlab chiqildi:
1) har bir hudud va mahalliy darajada yangi yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida epidemiologik nazorat o’rnatish;
2) immunizatsiya va vaksinatsiya darajalarini optimal holatda ushlab turish borasida 1992 yilda "Immunizatsiyaning kengaytirilgan dasturi" ishlab chiqildi;
3) aholi salomatligiga va milliy xavfsizlikka ta'sir etuvchi kasalliklarning asosiyguruhlari bo’yicha salomatlik ko’rsatkichlarini mustahkamlash masalasi ko’tarildi;
4) respublika sharoitida bartaraf etilgan va kam uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida karantin chora-tadbirlar ishlab chiqish;
5) asosiy dori-darmon vositalar bilan o’z-o’zini ta'minlashni yo’lga qo’yish;
6) sog’liqni saqlashni takomillashtirish borasida o’zgarishlarga javob bera oladiganoliy va o’rta tibbiy yordami ma'orifining milliy kon sepsiyasini ishlab chiqish. O’sha paytda O’zbekistonda sog’liqni saqlashni tashkil etish davlatlararodarajasiga ko’tarildi va Birl ashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashgan organlarida (Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti, YuNISEF, PROON va boshqalar) o’z faoliyatini boshlab yubordi. Tibbiy hamkorlik dunyoning ko’p davlatlari bilan davlatlararo darajasida olib borilmoqda. Bu borada oilani rejalashtirish, ayollar va bolalar salomatligini muhofazalash, yuqumli kasalliklarni oldini olish, umumamaliyot shifokorlarni tayyorlash bo’yicha asosiy vazifalar aniqlangan. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga tayyorgarlik davrida bir qancha direktiv hujjatlar ishlab chiqildi. Sog’liqni saqlashni isloh qilish borasida qabul qilingan "Davlat sanitariya nazorati haqidagi qonun" (1995 y) va "OITS kasalligini oldini olish" (2000 y.) qonunlari bilan birgalikda "O’zbekiston Respublikasi aholi salomatligini himoyalash" (1996) qonuni qabul qilindi, bu qonun esa o’z navbatida isloh qilishning asosiy huquqiy qonunlaridan biri bo’lib qoldi. Bu qonunni kengaytirish maqsadida "Aholini tibbiy sug’urta qilish", "Dori-darmon to’g’risida” (1997 y.), "Psixiatrik yordam to’g’risida" (2000 y.), "Qon berish (donorlik) to’g’risida" (2002 y), "Organlarni transplantatsiya qilish to’g’risida" (2002 y.), "Silni oldini olish va tibbiy yordam ko’rsatish to’g’risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqildi va keyinchalik qabul qilindi.

Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin