1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari)



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə6/23
tarix20.05.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#118293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Nobank kredit tashkilotlari to\'g\'risida Qonunchilik

14-modda. Nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari)
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin.
Quyidagi shaxslar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga bevosita yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas:
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hudud rezidenti bo‘lgan va (yoki) ushbu davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar;
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatda yoki hududda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar yoki ushbu davlat yoki hudud rezidenti bo‘lgan, unda yashaydigan yoki ro‘yxatdan o‘tgan boshqaruv organi a’zosi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar;
ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishchanlik obro‘siga doir talablarga javob bermaydigan jismoniy shaxslar;
boshqaruv organi a’zosi ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishchanlik obro‘siga doir talablarga javob bermaydigan yuridik shaxslar;
bankrot deb e’tirof etilgan shaxslar;
siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar;
davlat organlari, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa nobank kredit tashkilotlari.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga o‘zi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga bilvosita egalik qiluvchi shaxsdir.
Nazorat deganda shaxslar o‘rtasidagi quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi o‘zaro aloqa tushuniladi:
shaxs tomonidan yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushga egalik qilish;
ishtirokchi (aksiyador) bo‘lgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining ko‘pchilik a’zolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi;
shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yuridik shaxsning benefitsiar mulkdoridir.

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin