1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə6/15
tarix17.04.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#99158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari (1)

Xavfsizlik Kengashi — BMTning eng muhim organi bo‘lib, 15 a’zodan iborat. Ushbu a’zolarning beshtasi (AKSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy) doimiy, kolgan o‘ntasi nodoimiy bo‘lib, ular saylanadilar.
Xavfsizlik Kengashining qoidalariga tegishli masalalar bo‘yicha qarorlar a’zolarning istalgan tukkiztasi yoklab ovoz bergan takdirda qabul qilinadi. Kolgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar Kengashning barcha doimiy a’zolari ovozlarini kushib hisoblaganda tukkizta a’zo yoklab ovoz bergan takdirda qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, doimiy a’zolardan bittasi yoki bir nechtasi biror-bir qarorga nisbatan qarshi ovoz bersa, bu qaror qabul kllinmaydi. Bunday holat veto qo‘yilishi deb ataladi.BMT Ustaviga ko‘ra Xavfsizlik Kengashi urushning oldini olish, davlatlarning tinch hamkorlik qilishlariga shart-sharoitlar yaratishda katta vakolatlarga ega.Xavfsizlik Kengashi tomonidan BMT Ustaviga muvofiq qabul qilingan ba’zi qarorlar me’yor o‘rnatuvchi mazmunida bo‘lishi mumkin.MT tizimi Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning boshqa organ tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi yoki da’vo qilinishi imkonini bekor qiladi. Bu qarorlar mukammal sanaladi va tekshirilishi mumkin emas.BMT Ustaviga muvofiq Xavfsizlik Kengashi doimiy faoliyat ko‘rsatishi va a’zo davlatlar nomidan tez va samarali ish kurmogi lozim. Shu maqsadda Xavfsizlik Kengashining har bir a’zosi BMT qarorgoxida doim o‘z vakiliga ega bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalariga doir faoliyatni olib boradi. EKOSOS 54 a’zodan iborat bo‘lib, ular Bosh Assambleya tomonidan uch muddatga saylanadilar va har yili vakolatlari tugagan 18 a’zoning o‘rniga yangilari saylab boriladi.
EKOSOS BMT Ustavidan kelib chiqqan xolda davlatlar o‘rtasida iqtisodiy ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ta’minlash, uni muvofiqlashtirish y^lida samarali ish olib borishi, xalqaro huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishi va davlatlar iqtisodiy xavfsizligini kafolatlovchi institutlar va mexanizmlar ishlab chiqishi lozim.
Vasiylik bo‘yicha Kengash — bu uning otaligidagi hududlarda xukmronlik qilish huquqiga ega va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qiluvchi BMT organidir. Hozirgi kunda uning besh a’zosi (AKSH, Angliya, Rossiya, Fransiya, Xitoy) bor. Kengash har yili Nyu-Yorkda bir sessiya utkazadi. AKSH boshqaruvida bo‘lgan dastlabki ikki hududdan faqat bittasi — Tinch okeani orollari (Mikroneziya) koldi.
BMT Kotibiyati Bosh Kotib va tashkilotga lozim mikdordagi xodimdan iboratdir. Ushbu organ BMTning boshqa organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning xayotga tadbik etilishini ta’minlaydi va BMT asosiy va yordamchi organlariga konferensiyaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi.
Kotibiyat:

Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin