1 Bob. YaIMga taʼsir etuvchi intensiv va ekstensiv omillar 5


Mustaqil ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/6
tarix06.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#125923
1   2   3   4   5   6
Microsoft Word Document

Mustaqil ishining tuzilishi va hajmi. Mustaqil ish 24 betdan iborat boʻlib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Xulosa va takliflar qismida referat ishi boʻyicha asosiy natijalar umumlashtirilib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.

1 Bob. YaIMga taʼsir etuvchi intensiv va ekstensiv omillar

1.1.Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning taqsimlanishi va koʻpaytirishning intensiv va ekstensiv yoʻllarini oʻrganish


Yalpi mahsulot tarmoqda ma’lum davr mobaynida ishlab chiqilgan mahsulotlaming hamma hajmini bildiradi. U o‘simlikchilikning yalpi mahsuloti va chorvachilikning yalpi mahsulotidan iborat boiadi. 0 ‘simlikchilikmng yalpi mahsuloti qishloq xo'jaligi ekinlarining mahsulotlarini, ko‘p yillik ko‘chatlami ekish, ulami parvarishlab o‘stirish va tug‘allanmagan ishlab chiqarishning o‘sib borish qiymatlarini hisobga olgan holda yalpi yig‘imini qamrab oladi. Chorvachilikdagi yalpi mahsulot - bu hayvonlami so‘yish bilan bog‘liq bo‘lmagan tayyor mahsulotlar (sut, jun, tuxum) nasi olish, yosh buzoqlar va katta yoshli qoramollami o‘sishidan vazn ortishi, shuningdek, qo‘shimcha mahsulotlardir. Qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot natural va qiymat baholarda ifodalanadi va hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlarda u mahsulotning alohida turlari bo‘yicha aniqlanadi. Yalpi mahsulot qiymati taqqoslama va amaldagi haqiqiy joriy baholar (uning tovar qismi-realizatsiya bahosida, tovar bo‘lmagani-tannarxi bo‘yicha) shuningdek, tannarxlar bo‘yicha ham hisoblab chiqiladi. Mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmini, unig yillar bo‘yicha o‘zgarishini, shuningdek yerdan moddiy va mehnat resurslaridan (yeming unumdorligi, fondlaridan foyda, mehnat unumdorligi va boshqalar) va boshqa maqsadlarda foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun, yalpi mahsulotlami taqqoslamabaholarda baholanadi. Hozir qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ulaming pul qiymatining o‘zgarishini hisobga olgan holda-2021 va 2022 yilgi taqqoslama narxlar amal qiladi. Masalan, 1 t. bug‘doyning narxi 100,5 ming so‘mga, paxta - 5,57 so‘mga, sut-400 ming so‘mga teng. Amaldagi (joriy) narxlardan yalpi mahsulotlami baholashda yalpi va sof daromadni hisoblab chiqishda foydalanadilar. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotlarining narxi amaldagi baholarda inqiroz tufayli narx oshishi hisobiga keskin ko‘tarildi. Natural ifodadagi taqqoslama narxlarda qisqardi.
Yalpi mahsulot - qishloq xo'jaligini birlashtirilgan ijtimoiy mahsulotlardagi ulushining ishlab chiqarishning tarmoq struktuxalari ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi xo'jalikning alohida tarmoqlari bo'yicha aniqlash uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish miqyosini xarakterlovchi muhim iqtisodiy ko'rsatkichdir.

Qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti yalpi aylanma usuli bilan aniqlanadi. Yalpi mahsulot - bu ma’lum davrda korxonaning hamma tarmoqlari tomonidan ushbu mahsulot korxona ichida foydalaniladimi yoki kelgusi ishlab chiqarilishi uchunmi, yohud boshqa tomonga realizatsiya qilinishdan, qat’iy nazar ishlab chiqarilgan. Mahsulotlar hajminingShu bilan birga ushbu ko'rsatkich uning yordamida korxona xo'jalik faoliyatining natijalarini ob’yektiv baholashga imkon beraiaydigan qator kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, yalpi mahsulot o'zida jonli mehnatni qanday bo'lsa, moddalashgan mehnatni ham shunday qo'llanganlik natijalarini aks ettiradi, buning oqibatida yalpi mahsulot bo'yicha hisoblab chiqilgan ko'rsatkichlar, jonli mehnatning roli haqida aniq tasavvur bera olmaydi, chunki uning hajmi moddiy resurslar miqdori bilan bog'liq; ikkinchidan, qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining uning o'simlikchilik va chorvachilik bo'yicha so'mmasi sifatida hisoblangan va u qayta hisoblashga yo'l qo'yadi (korxonada ishlab chiqilgan va o'sha yilning o'zidayoq iste’mol qilingan ozuqa ikki marta hisobga olinadi: o'simlikchilik mahsulotlarining bir qismi va chorvalik mahsulotlari tannarxiga qilingan xarajatlaming tarkibiy elementi sifatida); uchinchidan, yalpi mahsulotlami joriy narxlarda baholashda uning Haqiqiy bahosi pasayib yoki ko'tarilib ketadi, chunki mahsulotning tovar bo'lmagan qismi bozor narxidan past yoki baland bo'lishi mumkin bo'lgan tannarx bo'yicha baholanadi; to'rtinchidan, taqqoslangan baholarda hisoblab chiqilgan yalpi mahsulot ko'rsatkichi mahsulot sifatini aks ettirmaydi.
Tovar mahsulotlar - bu yalpi mahsulotning realizatsiyaga mo'ljallangan bir qismi. Tarmoq, korxona tashqarisiga chiqarilgan hamda iste’molchi yoki savdolashuvchi tashkilot tomonidan haqi to'langan tovar mahsulotining qismi realizatsiya qilingan mahsulot deyiladi. Biroq, amaliyotda va qishloq xo'jaligi adabiyotlarida bu tushuncha sinonim sifatida ishlatiladi va tovar mahsuloti deganda realizatsiya qilingan pul tushumi sifatida ko'rinadigan mahsulotlar tushuniladi. Qishloq xo'jaligi korxonalarining hisobot-statistik materiallaridan tovar mahsulotlari o'tkazilmaydi. Tovar va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar amaldagi narxlarda hisoblab chiqiladi. Korxona va tarmoqlaming tovar mahsulotlarini farqlash lozim. Korxona tarmoqlarining alohida turdagi mahsulotlarining tovarliligini Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish iqtisodiy rivojlanishning mezoni bo‘lgan iqisodiy o‘sish kuzatilishini ifodalaydi.
Iqtisodiy o‘sish - bu ijtimoiy takror ishlab chiqarilishining ijtimoiy mahsulotlari va ulami ishlab chiqarish omillarining miqdorini ko'paytirish va sifat jihatdan mukammallashtirish ko‘rinishida ifodalangan maqsadli vazifasi. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o‘sish, yalpi mahsulotning mutloq hajmda, ham ahoh jon boshiga, ham ko‘payishi sifatida aniqlanadi. Uning qishloq xo‘jaligidagi asosiy maqsadi - aholini oziqovqat mahsulotlari bilan qondirish, uning moddiy farovonligini oshirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdir. Iqtisodiy o‘sish iste’molining mavjud darajasini pasaytirmasdan, investitsiya hajmini va ishlab chiqarishni qisqartirmay yangi ijtimoiy va iqtisodiy dasturlami amalga oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlarini farqlash qabul qilingan.
Ekstensiv turda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarish fondlarining miqdorini orttirish bilan erishiladi. Yer, mehnat ishlab chiqarish fondlari avalgi texnik jihozlanish saqlanib qoladi. Natijada mehnat unumdorligi ortmaydi. Masalan, katta miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olish maqsadida quruq yerlarni o‘zlashtirish-bu ekstensiv yo‘l.
Intensiv turi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mukammalroq texnikani, ilg‘or texnologiyani, o‘simlik va hayvonlaming yangi navlari va zotlarini, fan yutuqlarini qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish hisobiga ko‘paytirish bilan xarakterlanadi. Bu holatda mehnat unumdorligining o‘sishi, mahsulot sifatining oshishi ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanish evaziga erishiladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini o‘zlashtirish bilan iqtisodiy o‘sishning intensiv turi ustunlik kasb etadi. Biroq amalda bu turlar sof holda mavjud bo‘lmaydi, shuning uchun iqtisodiy o‘sishning ikkala turi haqida ham izoh berib o‘tish ma’qul. Agar mahsulotning o‘sish ulushi o‘sishning intensiv omillari hisobiga olinib 50 % dan oshsa, iqtisod uchun intensiv tur afcal bo'ladi. Va aksincha intensiv omillar hisobiga mahsulot o‘sishining ulushi mahsulotni umumiy o‘sishining 50 % dan kamni tashkil etsa, o‘sishning ekstensiv turi afeal ko‘riladi. Iqtisodiy o'sish qator omillar bilan belgilanadi. Iqtisodiy o‘sish omillari deganda, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, o‘sish samaradorligi va sifatini orttirish imkoniyatlarini belgilaydigan holat va jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy o‘sish omillari quyidagilar:
- mehnat resurslari soni va sifatining ortishi;
- asosiy vositalar hajmining о ' sishi va sifat tarkibining yaxshilanishi;
- ishlab chiqarish texnologiyalari va tashkil qilishni mukammallashtirish;
- xo'jalik faoliyatiga jalb etiluvchi yer resurslarining hajmini oshirish va sifat tarkibini yaxshilash;
- tadbirkorlikni rivojlantirish;
- bozomi monopoliyalash darajasini pasaytirish;
- ishlab chiqarish resurslari narxini pasaytirish;
- daromadga soliqlami kamaytirish va hokazo.
Iqtisodiy adabiyotlarda ishlab chiqarishning mahsulot qiymatini yaratishda mos holda ishtirok etadigan uch omili nazariyasi - mehnat, yer kapital (ishlab chiqarishdagi asosiy va aylanma mablag') keng tarqalgan. Biroq, keyingi yillarda ishlab chiqarish omillarini sharhlash chuqurroq va kengroq tus oldi. Ularga mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ilmiy-texnik jarayonlar kiradi. Dastlabki ikki omil-moddiy qolgan ikkitasi
- nomoddiy omillarga kiradi, biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida ular yetakchi bo'lib qoladilar. Agar ishlab chiqarishning hamma omillaridan to'liq va o'ta samarali foydalanilsa, ishlab chiqarishning hayotiy hajmi o'zining maksimal qiymatiga
- ishlab chiqarishning potentsial hajmiga etadi. Iqtisodiy o'sish tahlilining asosiy vositalaridan biri ishlab chiqarish vazifasi. Qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ishlab chiqarishning uchta omili zarur: mehnat, yer kapital. Binobarin, qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining hajmi mehnat resurslari (M) yer (S), kapital (K) o'lchamlarida ifodalanadi: H=f(M ,S,K) Iqtisodiy o'sishning vazifasi uchun ishlab chiqarish omillarining, ayrimlarini qo'llash samaradorligi o'lchanadigan qator ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ular: mehnat unumdorligi, yerdan olinadigan foyda, yer hajmi, qaytimi va fond sig'imi kabilardan iborat. Iqtisodiy o‘sish omillari o‘zaro aloqada va chatishib ketgan. Masalan, agar ishchi to‘g‘ri iqtisodiy mexanizm sharoitida, iqtidorli tadbirkor rahbarligida, zamonaviy uskunalardan foydalansa, mehnat unumdorligi bo'ladi. Iqtisodiy o‘sishning u yoki bu omili ta’sir darajasini aniqlash qiyin. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida mashina-traktor parklaridan foydalanish samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: 1 ta traktoming yillik ishlab chiqarishi 1260 shart. et.ga, kunlik ishlab chiqarishi 8 shart et.ga, smenadagi ishlab chiqarishi 7 shart et.ga, smenalilik koeffitsienti 1,12; 157 mashina kun va 170 mashina smenada ishlagan 1 shart etga ning tannarxi. Kombaynlardan foydalanish samaradorligi (paxta, g‘alla o‘ribyig‘adigan va boshqalar) quyidagi ko'rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi: mavsumiy ishlab chiqish, ga sutkalik ishlab chiqarish, ga, ishning kunlik soni. Qishloq xo‘jaligida texnikadan foydalanish samaradorligini ikki usul bilan amalga oshirish mumkin: intensiv va ekstensiv. Ish vaqti birligida traktor va mashinalar unumdorligining oshishi (soatda smenada)
-intensiv yo‘l, yil davomida texnikani ekspluatatsiya qilish vaqtining uzaytirilishi ekstensiv yo‘l deyiladi. Ammo texnikadan foydalanishning har qanday uzaytirilishi ham foydali bo‘lavermaydi. Asosiy ishlami cho‘zib o‘tirmasdan eng yaxshi agrotexnika muddatlarida bajarish qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining oshishiga yordam beradi. Traktorlaming kunduzgi va smenali ishlab chiqarishini ko‘paytirish operatsiyalami bajarish muddatlari qisqarishiga ta’sir etadi. Bu yerda agregatlar ishining smenaliligining koeffitsientini oshirish muhim ahamiyatga ega. Hozircha qishloq xo‘jaligi korxonalarida bu ko‘rsatkich pasayishda davom etmoqda. Qishloq xo‘jaligida texnikadan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy omillari
- unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ta‘mirlash bazasini takomillashtirish, malakali mexanizator kadrlar bilan ta’minlash, tashkiliy mehnatga haq to‘lashning taraqqiy etgan shaklini joriy etish, texnik va tashkiliy kamchilik-nuqsonlar tufayli to‘xtab qolishining oldini olish, ikki smenali ishni qisqartirishdir. Mashina parkidan foydalanishning yetarlicha samarali bo‘lmasligining sababi ko‘pincha uning ishchi mashinalar bilan komplekslanmaganidadir. Mashina-traktor parklaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun qishloq xo‘jaligi isblarining hamma kompleksini belgilangan muddatda, eng kam xarajat va mablag‘ bilan har bir xo‘jalikda uning optimal strukturasini o‘matish kerak. Mashina traktor parklarining optimal tarkibmi iqtisodiy matematik usullarini qo‘llash bilan hisoblab chiqish mumkin. Keltirilgan xarajatlami minimallashtirish, optimallik mezoni bo‘lib xizmat qihshi mumkin.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin