Kirish 2
1 Bob. YaIMga taʼsir etuvchi intensiv va ekstensiv omillar 5
1.1.Qishloq xoʻjaligining yalpi va tovar mahsuloti, ularning taqsimlanishi va koʻpaytirishning intensiv va ekstensiv yoʻllarini oʻrganish 5
1.2 Qishloq intensiv va ekstensiv rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 11
1.3 Qishloq xoʻjaligining moddiy texnika resurslari va intensiv texnologiyalarning mazmun mohiyati 18
Xulosa va takliflar 26
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 27
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda respublikamizda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Chunki, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Sh. M. Mirziyoyevning mamlakatimiz parlamenti oliy majlisga taraqqiyotimizning yangi bosqichi boʻlgan 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va Oʻzbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, ... davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash oʻta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun Oʻzbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish boʻyicha kuchli milliy gʻoya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur Oʻzbekistonni jahonda taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkoniyat yaratilishi lozim. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat milliy iqtisodiyotning oʻsish surʼatlarini jadallashtirish, balki yerning unumdorligini oshirgan holda eksport importlar orqali mamalakatning oʻsish surʼatlarini yuqori qilish ham yetakchi oʻrin tutmoqda.Xo'jalik faoliyatining zarur elementi sifatida moddiy-texnika resurslari va ularni YaIM darajasini oshirishda muhim oʻrin tutadigan intensiv va ekstensiv omillaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligini umumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.