SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 212
TA’LIM TIZIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING ASOSIY VAZIFALARI
Aygul Tolgatovna Kuralbayeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi
aygulkuralbaeva@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarning axborotkommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishdagi yutuq va ba’zi
xolatlardagi kamchiliklari,
shuningdek, undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida so’z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim tizimi,
kompyuter
savodxonligi, axborot, grafika, dizayn, elektron kutubxona.
MAIN TASKS OF USING ICT IN THE EDUCATION SYSTEM
Aygul Tolgatovna Kuralbaeva
Chirchik State Pedagogical Institute
Academic Lyceum
aygulkuralbaeva@gmail.com
ABSTRACT
This article discusses the successes and shortcomings of students in the use of
information and communication technologies
in the education system, as well as the
purposes for which they can be used.
Keywords:
information
and communication technologies, education system,
computer literacy, information, graphics, design, electronic library.
KIRISH
Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish
sharoitlarida
o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlarini raqamli vositalardan foydalanib,
zamonaviy
raqamli kommunikatsiya muhitida o‘tkazish katta samara beradi. Kichik yoshdagi
o‘quvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ga o‘rgatish
va ularni
to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini boshlang‘ich umumta’lim bosqichidagi universal o‘quv
faoliyatlari bilan uyg‘unlikda shakllantirish, uning samaradorligini ta’minlashning
muhim elementi hisoblanadi.
Shuning uchun boshlang‘ich umumta’lim bosqichida universal o‘quv faoliyatlarini
shakllantirish uchun quyidagilarga: har qanday faoliyatlarga kiruvchi AKTni qo‘llash
sohasidagi
elementlar bilan tanishtirish, AKT savodxonligi elementlari hisoblangan