Page 213 texnologik ko‘nikmalar alohida emas, balki idrok etish va kommunikativ masalalarni
hal etish uchun ularni qo‘llash bilan birgalikda shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA AKT vositalaridan foydalanish universal o‘quv faoliyatlarini tartibsiz
shakllantirishdan maqsadga yo‘nalgan va reja asosida shakllantirishga o‘tishga yordam
beradi. Albatta, universal o‘quv faoliyatlarining shakllanganligini baholashda AKT
keng qo‘llanilishi mumkin (va kerak). O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini
hamda natijalarini rejalashtiradigan, shuningdek, qayd etadigan axborot-ta’lim muhiti
ularni shakllantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega.
AKT bilimdonligiga boshlang‘ich sinflarda yosh bo‘yicha ehtiyojlari va
imkoniyatlari doirasida AKT vositalaridan va axborot manbalaridan foydalanib, o‘quv
masalalarini hal qilish qobiliyati sifatida o‘quv AKT bilimdonligini ajratib ko‘rsatish
kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchining umumiy AKT bilimdonligi uning bir qismi
hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari umumiy AKT
bilimdonligi elementlarini ulardan kattalar kundalik hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida
foydalanishlari darajasida o‘zlashtiradilar.
AKT savodxonligini shakllantirish masalasining hal etilishi faqat alohida o‘quv
fanlari dasturlarida emas, balki, o‘quv faoliyatida mohiyati jihatidan bog‘liq bo‘lgan
universal bilimdonlikni shakllantirish bo‘yicha dasturlar doirasida qayd etilishi kerak.
Shaxsiy bilim faoliyatlarida fanlarni o‘zlashtirishda quyidagi:
• axborotga tanqidiy munosabatda bo‘lish va uni tanlab qabul qilish;
• boshqalar shaxsiy hayotlari haqidagi axborotni va axborot natijalarini hurmat
qilish kabi xislatlarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi [2].
O‘quv faoliyatlarini o‘zlashtirishda quyidagilar ta’minlanadi:
• axborot muhitida amalga oshiriladigan faoliyatlar sharoitlari, borishi va
natijalarini baholash;
• amalga oshirilgan faoliyatlarni o‘quvchilarning o‘zlari, uning o‘rtog‘i va
o‘qituvchi tomonidan baholash hamda ularni tuzatish uchun raqamli axborot muhitida
joylashtirilgan faoliyatlar natijalaridan foydalanish;
• o‘quvchining o‘qishdagi yutuqlari raqamli portfoliosini yaratish.
Idrok etish universal o‘quv fanlarini o‘zlashtirishda AKT umumta’lim universal
faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydi va pedagog-mutaxassislarning asosiy vazifalari
quyidagilar: o‘quvchining individual axborot arxivlarida, ta’lim muassasasi axborot
muhitida, axborot ta’lim resurslari mintaqaviy zahiralarida axborot izlashni o‘rgatish;
atrof-olam va ta’lim jarayoni haqida axborotlarni qayd etish (yozib olish), jumladan,
audio va video yordamida (o‘quvchilarning ishlarini va boshqalar)ni yozib olish,
raqamlashtirishni o‘rgatish; bilimlarni tizimlashtirish, ularni tashkil etish va konseptual
diagrammalar, xaritalar, davr yo‘nalishlari va genealogik daraxtlar ko‘rinishida taqdim