Konspekt (lot. conspectus — koʻrinish) — kitob, maqola, leksiya va boshqalarning qisqa yozma bayoni. Konspekt reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, fakt va misollardan iborat.
Konspekt turlari
Rejali
Matnga doir
Erkin
Xronologik
Tahliliy
Tematik
Rejali
Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi.
Matnga doir
Ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi.
Erkin
Ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi
Xronologik
Hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.
Tahliliy
Ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.
Tematik
Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi.