Konspekt
KONSPEKT (lot. conspectus — koʻrinish) — kitob, maqola, leksiya va boshqalarning qisqa yozma bayoni. Konspekt reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, fakt va misollardan iborat.
- reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
Konspektda so’zlar ko’p bo’lishi, haddan ortiq ko’chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o’zingizni tiying.
Konspekt turlari.
Rejali
Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi.
Matngadoir
ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi.
Erkin
Ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi
Xronologik
Hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.
Tahliliy
Ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.
Tematik
Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi.
Tezis nima?
Tezis – Ilmiy asar, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo’nda ifodasi. Xaqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo’lgan hukm, mulohaza, fikr.
Leksikologiya va Orografiya
Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug'atga oid va logos-ta'limot) tilshunoslikning til lugʻat tarkibi, yaʼni muayyan bir tilning leksikasini oʻrganuvchi boʻlimi. Har bir soʻzni yolgʻiz holda emas, balki boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda oʻrganadi.
Orfografiya grekcha to'g'ri yozmoq demakdir. So'z o'zak-negizlari va qo'shimchalarini yagona tarzda yozish haqidagi qoidalar yig'indisi orfogra-fiya deyiladi.
“O‘zbekona konspekt” yoxud o‘zbek talabalarining havoga sovurilgan (sovurilayotgan) umrlari haqida
O’zbekiston oliygohlarida o’qiydigan ko’pchilik talabalar bitta narsani yomon ko’rishadi, ya’ni “konspekt”ni yomon ko’rishadi. Chunki ular (talabalar) birinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha (ba’zan undan keyin magistraturada ham) birinchi paradan oxirgi paragacha deyarli har doim konspekt yozishga majbur. Konspekt yozmagan talabalar darsga kiritilmasligi yoki ularga “NB”(darsada qatnashmagan) qo‘yilishi mumkin. Konspekt daftari semestr oxirida —"Sessiya” paytida so‘ralishi mumkin va konspekt yozmagan talabalar yomon baholar olishlari mumkin.
O‘zi «konspekt» nima? «Konspekt» so‘zi aslida biron mavzuning qisqacha mazmuni, bayoni degan ma’noni bildiradi. Shundan kelib chiqib, konspekt yozish yomon emas, aksincha ijobiy amalday tuyuladi.
Ammo konspektning o‘zbekcha varianti mavzuning qisqacha mazmuni yoki bayonini emas, balki dars parasining boshidan oxirigacha domla kitobdan o‘qib, “diktant” qilib yozdiradigan va talabalar yozib olishlari majburiy bo‘lgan matnni bildiradi. Konspekt yozib kelish (kitobdan ko‘chirib kelish) uyga ham vazifa qilib berib yuborilishi mumkin. Ya’ni “karikatura” qilib aytiladigan bo‘lsak, o‘zbek talabalari bilim olish va savod chiqarishning o‘rniga, birinchi kursdan oxirgi kursgacha o‘qishni 5-sinf o‘quvchisiga o‘xshab “diktant” yozib o‘tkazadilar. Eng yomoni, u “diktantlar” yoziladimi yoki yozilmaydimi, o‘qiladimi yoki o‘qilmaydimi, asosiysi, ular doim majburiydir. Shu tarzda DOMLAlar (barchasi emas) ortiqcha mehnat qilmasdan oyligini olaveradilar, TALABAlarning umrlari esa diktant yozish darajasida qolib ketaveradi.
Dostları ilə paylaş: |