Mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum bir davr ichida
ishlab chiqarilgan mahsulotlari miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga
faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga
olinadi. Natural ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol
qiymatlarining tarkibi va miqdorini aks ettiradi. TSentnyer, tonna va boshqa
o’lchovlarda hisoblanadigan yalpi mahsulot ko’rsatkichiga, 70dehqonchilikda –
alohida ekinlar yoki bir xil turdagi qishloq xo’jaligi ekinlari asosiy mahsulotlari,
yosh ko’p yillik daraxtlarning va dehqkonchilikdagi
tugallanmagan ishlab
chiqarishning (kuzgi ekinlarning ekish va kelgusi yil hosili uchun xarajatlar)
o’sishidagi o’zgarishlar, shuningdek tarmoqning boshqa (qo’shimcha)
mahsulotlari (somon, poxol va boshqalar); chorvachilikda – tayyor mahsulotning
alohida turlari bo’yicha (sut, jun, tuxum va boshqalar) yalpi tushum: yosh mollar
va parrrandalarning tirik vaznining o’sishi,
shuningdek, tarmoqning boshqa qoldiq
mahsulotlari (go’ng va boshqalar) kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini qishloq xo’jalik korxonalari yalpi
mahsuloti bilan almashtirmaslik kyerak.Qishloq xo’jalik korxonalarining yalpi
mahsuloti ancha keng ma’noga ega bo’lib, u o’z ichiga qishloq xo’jalik
mahsulotidan
tashqari yordamchi, sanoat va boshqa ishlab chiqarishlarni, ish va
xizmatlarni oladi. Masalan: xo’jalikda qayta ishlangan ( un, o’simlik, mol yog’i
va h.k) dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar qishloq xo’jalik
mahsuloti emas, balki sanoat mahsuloti hisoblanadi. Ular ham qishloq xo’jalik
korxonalari yalpi mahsuloti tarkibiga kiradi.
Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini umumiy ifodalash uchun taqqoslama va
joriy
baholarda, shuningdek mahsulot tannarxi bo’yicha baholash lozim.
Mahsulotning umumiy hajmini, uning yillar bo’yicha dinamikasidagi
o’zgarishlarni aniqlash uchun, shuningdek, yillik va soatlik mehnat unumdorlik
darajasini, fond qaytimini hisoblash va boshqa maqsadlar uchun yalpi mahsulot
taqqoslama baholarda baholanadi. Yalpi mahsulotni joriy baholarda aniqlash sof
daromadni hisoblash uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining yalpi mahsulotlari
qiymati uning
tannarxi bo’yicha hisoblanadi. Pulda ifodalangan qishloq xo’jaligi
yalpi mahsuloti
tarmoqda barcha yaratilgan moddiy boyliklarga umumlashgan tavsif byeradi. U
qishloq xo’jaligining jami ijtimoiy mahsulotdagi salmog’ini, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi tarmoq strukturasining darajasi va dinamikasini, alohida
kategoriyadagi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishdagi rolini,
ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash uchun
zarur, umum iqtisodiy ko’rsatkich sifatida harakat qiladi.
Qishloq xo’jaligida
-
pulda ifodalanadigan yalpi
mahsulot
ko’rsatkichlarining bir qator kamchiliklari mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1.Yalpi mahsulot faqat jonli mehnat emas, balki buyumlashgan mehnatning ham
natijasidir. SHuning uchun yalpi mahsulot bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar,
jonli mehnatni tejash hisobiga yuqori bo’lmasdan, balki moddiy resurslarni
ko’p sarflash hisobiga amalga oshadi;
2.
Yalpi mahsulotni hisoblashning hozirgi - ya’ni dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlari summasini qo’shib hisoblash metodikasi takroriy 71hisoblashga yo’l
qo’yadi. Masalan: yem dehqonchilikda ham, chorvachilikda
ham mahsulotlar
tannarxi moddasida ikki marta hisobga olinadi;
3.
Yalpi mahsulotni joriy xarid baholarida baholash, uning haqiqiyqiymatini
pasaytiradi, ya’ni yalpi mahsulotning tovar bo’lmagan qismi tannarx bo’yicha
baholanadi. U xarid bahosidan sof daromadning miqdoricha kam bo’ladi, ya’ni
yalpi mahsulotning qiymati qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining tovar bo’lmagan
qismini ishlab chiqarishga ketgan, qo’shimcha
mehnatni hisobga olmaydi;
4.Yalpi mahsulot ko’rsatkichi har doim ham ma’lum korxona kollektivining real
mehnat hissasini aks ettirmaydi, chunki uning miqdori boshqa tarmoqlardan
keladigan matyerial resurslarning hajmiga ham bog’liq;
5.Taqqoslama baholarda hisoblangan yalpi mahsulot ko’rsatkichi, uning sifatini
to’liq aks ettirmaydi.
Qishloq xo’jaligi yalpi
mahsuloti foydalanishiga qarab, ikki
qismga
bo’linadi.